"Stefaniya" (nemischa: Stefanie-Torte , veng.: Stefánia torta) — Avstriya va Vengriya torti. Bir necha qavatdan iborat va shokoladli glazur bilan qoplangan yongʻoqli tort retsepti 1888-yilda Oskar Pishinger tomonidan oʻylab topilgan va shirinlikka Avstriya-Vengriya valiahd shahzodasi Rudolfning ayoli, Belgiya malikasi Stefaniya sharafiga nom berilgan[1][2][3]. „Dobosh“, „Esterxazi“ tortlari va „Jerbo“ pirojniysi bilan bir qatorda „Stefaniya“ torti ham Budapesht qandolatchilikning faxri hisoblanadi[4].

„Stefaniya“ tortining bir boʻlagi

„Stefaniya“ torti uchun biskvit xamiridan maydalangan bodom qoʻshib, kamida uchta korj pishiriladi. Korjlarga bugʻda eritilgan shokolad va yogʻli krem surtib, ustma-ust taxlanadi. Tort shokoladli glazur bilan bezatiladi[5] va ustidan kakao sepiladi[6].

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • „Торт «Стефания»“, 500 видов домашнего печенья: Из венгерской кухни, 400000 экз, Ужгород: «Карпати», 1987 — 130-bet.