Stiphen Arthur Cook 1939-yil 14-dekabrda tugʻilgan (Buffalo, Nyu-York, AQSh). Amerikalik kompyuter mutaxassisi va 1982-yilda A. M. Turing mukofotini „advancement of our understanding of the complexity of computation in a significant and profound way“ ilmiy ishi uchun taqdirlangan[1].

Stephen Arthur Cook

Stephen A. Cook 1968-yil
Tavalludi
Stephen Arthur Cook

14-dekabr 1939-yil
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh, Canada
Taʼlimi Yel universiteti, Stenford universiteti
Kasbi Kampyuter mutaxassisi
Faoliyat yillari

Toronto universiteti

Kaliforniya universiteti, Berkli
Mukofotlari Turing mukofoti, Jon L. Synge mukofoti (2006)

Hayoti va ish faoliyati tahrir

Cook Michigan universitetida kompyuter fanlari boʻyicha bakalavr (1961) va Garvard universitetida kompyuter fanlari boʻyicha magistr (1962) va doktorlik (1966) darajasini qoʻlga kiritdi. Garvardni tark etgach, Cook Berklidagi Kaliforniya universiteti fakultetiga ishga kirdi. 1970-yilda Cook Toronto universitetiga koʻchib oʻtdi va u yerdan 1985-yilda universitet professori unvonini qoʻlga kiritdi[2]. 1971-yilda Cook „The Complexity of Theorem Proving Procedures“ ni chop etdi, bu NP-toʻliq muammolar nazariyasiga asos solgan muhim maqola – samarali echim algoritmi maʼlum boʻlmagan muammolar[3]. Ushbu soha kompyuter fanida eng muhim sohalardan biri boʻlib qolmoqda. Cook London Qirollik jamiyati, Kanada Qirollik jamiyati, AQSH Milliy fanlar akademiyasi va Amerika sanʼat va fanlar akademiyasiga saylangan. Cook Jon L. Synge mukofoti va Bernard Bolzano medalini qoʻlga kiritdi.

Mukofotlari tahrir

  • 1977-yil – Steasie Memorial Fellowship mukofoti
  • 1982-yil – Killam Research Fellowship mukofoti
  • 1999-yil – CRM-Fields-PIMS mukofoti
  • 1982-yil – ACM Turing mukofoti
  • 2008-yil – ACM aʼzosi sifatida taqdirlandi
  • 2015-yil – Kanada ordeni ofitseri unvoni
  • 2012-yil – Kanadalik Gerxard Gertsberg oltin medali
  • 2015-yil – BBVA Foundation Frontiers of Knowledge Awards


Manbalar tahrir

  1. Kapron, Bruce „Stephen Arthur Cook“. A. M. Turing Award. Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.
  2. Richard Karp. „A Personal View of Computer Science at Berkeley“. University of California Berkeley (2003). Qaraldi: 2023-yil 12-fevral.
  3. Stephen Cook (1971), The Complexity of Theorem Proving Procedures (PDF) — University of Toronto
    Stephen A. Cook. „The Complexity of Theorem-Proving Procedures“ (2009). Qaraldi: 2023-yil 12-fevral.