Stiven Kenneth Fletcher (1987-yil 26-mart kuni tug'ilgan) EFL Ligasidagi Wrexham klubida hujumchi sifatida harakat qiladigan professional futbolchi bo'lgan.

Fletcher klubdagi faoliyatini Hibernist jamoasi bilan boshlagan. Fletcher Shotlandiya Premyer Ligasida 156 ta o'yinda maydonga tushib,43 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. Ingiliz klubi hisoblangan Burnley klubi 2009-yil iyun oyida Fletcher bilan shartnoma imzolash uchun 3 million funtlik to'lovni amalga oshirgan.  U 2009-10 yilgi mavsumda ligada sakkizta gol kiritishiga qaramay, klub Premyer Ligadan quyi ligaga tushib ketgan.

Tarjimayi holi

tahrir

Shropshire shtatining Shrewsbury shahrida tug'ilgan Fletcher, umrining ko'p qismini Angliya va Germaniyadagi Britaniya armiyasi bazalarida o'tkazgan[1]. Uning otasi Kenny Fletcher 37 yoshida saraton kasalligidan vafot etgan. Shotlandiyalik onasi Meri Fletcher va kichik singlisi Brinini Janubiy Lanarkshirning Hamilton shahriga jo'natib yuborgan[1][2]. Hiberniyalik yoshlar murabbiyi Jon Park ham Hamiltondan bo'lgan shuning uchun Fletcherning futbolchilik talantini ko'rib,uni 13 yoshida Leith klubining yoshlar akademiyasiga jalb qilgan[1]. Fletcher 2002-yilda Earnock o'rta maktabida o'quvchi bo'lgan paytlarida Lanarkshire XI Maktabiga chaqirilgan[3].

Klublardagi faoliyati

tahrir

Hibernian klubidagi faoliyati

tahrir

Fletcher Hibs klubida 2004-yil 10-aprel kuni debyut o'yinini o'tkazgan. Flaetcher o'zining jamoadoshi Garri O'Connor bilan o'yinning oxirgi sakkiz daqiqasida Easter Road stadionida Kilmarnock klubi ustidan 3-0 hisobida qozonilgang'alabali o'yinda almashtirilgan. Fletcher o'sha mavsumda besh marta maydonda harakat qilgan bo'lib, 15 may kuni o'zining ilk finalini o'tkazgan, ammo Livingston klubiga qarshi 4-1 hisobida kechgan o'yinda uning jamoasi mag'lubiyatga uchragan[4].

Burnley klubi

tahrir

2009-yil 26-iyun kuni Burnley klubi Fletcher uchun 2,75 million funt sterlinglik shartnoma taklif qilgan[5]. Bir necha kundan so'ng, Hibs klubi Burnley jamoasining taklifni qabul qilgan[6].  Fletcher bor mahoratini ko'rsatish sharti bilan rekord transfer summasini to'lagan Lancashire klubi bilan to'rt yillik shartnomaga rozi bo'lgan[7]. Bu harakatlar yakunlanganidan so'ng, Hibsning sobiq hujumchisi Keyt Rayt Fletcherning Premyer Ligada o'ynashga tayyorligiga shubhasi borligini aytib o'tgan[8]. Burnley klubida birinchi golini Fletcher 25-avgust kuni Ligacup finalida Hartlepool United klubiga qarshi 2-1 hisobida kechgan g'alabali o'yinda kiritib, jamoasining g'alabasiga hissa qo'shgan[9]. Fletcher 3-oktabr kuni Birmingham Citiga qarshi Premyer Ligadagi birinchi golini qo'lga kiritgan. Fletcher 2009 hamda 2010-yilgi mavsumda Burnley klubining eng yaxshi hujumchisi bo'lishiga qaramay, uning klubi Premyer Ligadan quyi ligaga tushib ketgan[10]. Fletcher Burnley klubida mavsumning eng yaxshi o'yinchi deya tan olingan[10].

Xalqaro faoliyati

tahrir

Fletcher Angliyada tug'ilganiga qaramay, Shotlandiya terma jamoasida ham o'ynash imkoni bo'lgan. Fletcher 2006-yilgi Yevropa chempionatining finalga yetib borib, Ispaniya terma jamoasi ustidan g'alaba qozongan. Fletcher Shotlandiya sporti 19 yoshgacha bo'lgan jamoasining yutuqlaridan so'ng, 2007-yil "Scotman" gazetasida Shotlandiyalik deya ta'kidlab o'tilgan[11]. Fletcher 2004 shuningdek 2005-yilgi mavsumda Shotlandiyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida o'zining debyut o'yinini o'tkazgan[12][13].

Fletcher 2008-yil mart oyida Xorvatiyaga qarshi do'stlik o'yinida birinchi marta Shotlandiya jamoasining tarkibiga kiritilgan. Fletcher o'yinni asosiy tarkibda boshlagan va 1-0 hisobida yengilyotgan jamoasiga hisobni tenglashtiruvchi golni urgan Kenny Millerga uzatmani amalga oshirgan[14]. Fletcher jarohati tufayli o'yinning ikkinchi bo'limida almashtirilgan[14]. 2008-yil sentyabr oyida Fletcher 21 yoshgacha bo'lganlar jamoasiga chaqirilib, Sloveniyaning 21 yoshgacha bo'lganlar jamoasiga qarshi ikki marta Sloveniya darvozasini ishg'ol qilganidan so'ng, muntazam jamoaga chaqirilgan[15]. Fletcher 1 aprel 2009-yil 1-aprel kuni Islandiyaga qarshi 2-1 hisobida kechgan g'alabali o'yinda o'zining navbatdagi golini kiritga[16].

Shaxsiy hayoti

tahrir

2016-yil may oyida Fletcherning aplby-in-Westmorlandda A66 yo'llarida juda tez harakatlanayotgan mashinasi kamera yozuvlarida aks ettirilgan va xotini mashinani boshqaryotgan bo'lishiga qarmay, Fletcher buni inkor qilgani uchun jarima to'lagan. Karlisl shahrining sud raisi unga 1000 funtlik jarima qilgan, shuningdek 620 funt xarajatlar, 100 funtlik qo'shimcha haq shu bilan birga, haydovchilik guvohnomasidan 6 oyga mahrum qilgan[17].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Coates, Jonathan. „Easter Road call-up spared Fletcher a soldier's life“. The Scotsman. Johnston Press (2006-yil 25-noyabr).
  2. „Dad's Deathbed Wish Make It as Pro. He's Was for Me to My Inspiration; STEVEN FLETCHER EXCLUSIVE“. Sunday Mail (2006-yil 30-iyun).[sayt ishlamaydi]
  3. Driver steers Select to Scottish Cup win, The Scotsman, 25 May 2002
  4. „Livingston 4–1 Hibernian“. BBC Sport (2004-yil 15-may). Qaraldi: 2016-yil 28-fevral.
  5. „Burnley bid for Scotland striker Steven Fletcher“. Mirror Football (2009-yil 26-iyun). Qaraldi: 2009-yil 26-iyun.
  6. „Fletcher looks to be leaving Hibs for Burnley“. Edinburgh Evening News (2009-yil 30-iyun). Qaraldi: 2009-yil 30-iyun.
  7. „Clarets smash record to land Fletcher“. Burnley FC (2009-yil 30-iyun). 2009-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 30-iyun.
  8. „Wright fears Fletcher isn't ready to star among elite“. The Scotsman (2009-yil 1-iyul). Qaraldi: 2009-yil 1-iyul.
  9. „Hartlepool 1–2 Burnley“. BBC Sport (2009-yil 25-avgust). Qaraldi: 2009-yil 26-avgust.
  10. 10,0 10,1 „Burnley Player of the Year Awards“. Burnley FC (2010-yil 6-may). 2010-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-may.
  11. Coates, Jonathan. „Young, gifted and Scots: ten to watch in 2007“. The Scotsman (2007-yil 1-yanvar).
  12. Steven Fletcher – U20 Squad, Scottish Football Association
  13. Steven Fletcher – B Squad, Scottish Football Association
  14. 14,0 14,1 Moffat. „Scotland 1–1 Croatia“. BBC Sport (2008-yil 26-mart).
  15. Moffat. „Scotland call up striker Fletcher“. BBC Sport (2008-yil 8-sentyabr).
  16. Moffat. „Scotland 2–1 Iceland“. BBC Sport (2009-yil 1-aprel).
  17. „Sunderland's Steven Fletcher rapped for missing post about wife's speeding“. BBC Sport (2016-yil 27-may). Qaraldi: 2017-yil 14-oktyabr.