Stop-Zemlya
Stop-Zemlya (ukraincha: Стоп-Земля; tarjimasi: Toʻxta Yer) — 2021-yilda ukrainalik Katerina Gornostay rejissyorligi va ssenariysi asosida suratga olingan, Mariya Fedorchenko, Arseniy Markov, Yana Isaienko va Oleksandr Ivanovlar ishtirokidagi romantik va dramatik film. Ushbu badiiy filmda o‘smirlarning voyaga yetishdagi mojarolar tasvirlangan.[1] Tasvirlangan voqealarning barchasi to‘qima, ammo ijodiy jamoa ularni improvizatsiya sifatida tasvirlashga harakat qilgan. Ssenariy yozilayotganda qahramonlar bir qator xarakterlarga ega edi, ammo aktyorlar topilgandan keyin ular oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlishdi. Film birinchi marta 2021-yil 3-mayda Berlin xalqaro kinofestivalida[2] premyera qilingan va 14 yoshdan yuqori tomoshabinlar uchun eng yaxshi film tanlovida "Billur ayiq " mukofotini olgan.[3] Film tanqidchilarning ijobiy baholarini oladi. Keyinchalik film 2021-yil 19-avgustda 12-Odessa xalqaro kinofestivalida (OIFF) paydo boʻldi, u yerda film festivalning bosh mukofoti — Gran-prini oldi.[4] Shuningdek, Katerina Gornostay „Eng yaxshi toʻliq metrajli film“ nominatsiyasida Dyuk gʻolibi boʻldi.
Film rejissyori Katerina Gornostay taqdimoti paytida „Toʻxta Yer“ nomi film muvaffaqiyati uchun muhim ekanligini va jamoa boʻlajak filmni ifodalash uchun ingliz tiliga yaxshi tarjima topish ustida ish olib borganini aytgan. Katerina bir yil davomida talabalar sinfini oʻynash uchun haqiqiy qahramon odamlarni qidirdi va keyin tanlangan talabalar guruhiga aktyorlik mahoratini oʻrgatdi.
Syujeti
tahrir16 yoshli Masha Kievdagi oddiy oʻrta maktabda oʻqiydi. Uning yaqin doʻstlari Yana va Seniya qizgʻin maktab kunlarida oʻziga xos tarzda yashab, uni guruhda begonalashib, ajralib qolmaslikka yordam berishadi. Kelajakdagi imtihonlardan tayyorlanish mobaynida Masha sinfdoshi Sashani sevib, oʻzining konfor zonasini tark etishga majbur boʻladi. U tushunadiki, agar u soʻrashga jur’at etmasa, yigitga boʻlgan sevgisi haqiqiy yoki yolgʻon ekanligini hech qachon bila olmaydi.
Rollarda
tahrir- Mariya Fedorchenko Masha Chernix rolida
- Arseniy Markov Seniya Steshenko rolida
- Yana Isaienko Yana Bratiychuk rolida
- Oleksandr Ivanov Sasha Xanskiy rolida
- Andriy Abalmazov Andri Klimishin rolida
- Rubin Abuxatab Rubin Juravlov rolida
Taqdimot
tahrirNemis kompaniyasi Pluto Film 2021-yil fevral oyida Toʻxta Yer filmining xalqaro distribyutorlik huquqini qo‘lga kiritdi.[5] Altered Innocence filmning Amerika boʻylab distribyutorlik huquqini 2021-yil mart oyida sotib oldi.[6] Ukrainaning Arthouse Traffic bungacha filmning Ukrainada distribyutorligini sotib olgan edi.[7]
2021-yil 1-martda film 71-Berlin xalqaro kinofestivalining (Berlinale nomi bilan mashhur) 14 yoshdan yuqori tomoshabinlar uchun tanlovida onlayn raqamli koʻrsatiladi. Film Berlinalening haqiqiy kinoteatrlarida 2021-yil 9-iyun kuni taqdim etildi.
2021-yil 4-noyabrda film Ukrainadagi cheklangan kinoteatrlarda namoyish etildi.
Kassa
tahrirFilmning byudjeti 25.72 million grivnani, taxminan 829 000 yevroni tashkil etadi.[8] Aslida film uchun mablag‘ning 92 foizi Ukraina davlat kino agentligi homiyligi hisobidan, qolgan byudjet mablag‘lari sheriklik hisobidan qoplangan. U butun dunyo boʻylab jami 143 434 dollar yigʻdi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Review: Stop-Zemlia“ (en). Cineuropa - the best of european cinema. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
- ↑ „Stop-Zemlia“ (en). www.berlinale.de. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
- ↑ „Award-winning Films for a Young Audience as Part of the Berlinale Summer Special“ (en). www.berlinale.de. Qaraldi: 2022-yil 25-fevral.
- ↑ „The summary of the 12th Odesa International Film Festival has been announced | News“ (en). oiff.com.ua. Qaraldi: 2022-yil 25-fevral.
- ↑ „New Acquisition STOP - ZEMLIA Premieres at Berlinale | PlutoFilm.de“ (en). www.plutofilm.de (2021-yil 11-fevral). Qaraldi: 2022-yil 25-fevral.
- ↑ „Stop-Zemlia“ (en). Altered Innocence. Qaraldi: 2022-yil 25-fevral.
- ↑ „СТОП-ЗЕМЛЯ – Arthouse Traffic“. arthousetraffic.com. Qaraldi: 2022-yil 25-fevral.
- ↑ „Фильм Стоп-Земля 2021 - Kino-teatr.ua“. kino-teatr.ua. Qaraldi: 2022-yil 25-fevral.