Sude Yaren Uzunçavdar (2005-yil 20-oktyabrda tugʻilgan) – turk taekvondochisi[1]

Sud Yaren Uzunçavdar
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 20-oktyabr 2005-yil (2005-10-20) (18 yosh)
Turkiya
Boʻyi 180 cm
Vazni 73 kg
Sport
Mamlakat Turkiya bayrogʻi Turkiya
Qaysi sport Taekvondo
Klubi Istanbul BB SK
Murabbiy(lar)i Ali Şahin

Faoliyati tahrir

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida Jahon taekvondo federatsiyasi (WT) tomonidan tashkil etilgan 2022-yili oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Sude Yaren Uzunçavdar finalda janubiy koreyalik Sugee Jungni magʻlub etib, jahon chempioni boʻlgan. Shuningdek, chempionatning eng yaxshi ayol sportchisi sifatida taqdirlangan[2].Konyadagi Selcuk universiteti 19 May sport zalida oʻtkazilgan 5-Islom birdamlik oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 73 kg vaznda finalda Livanlik Selman Vardni magʻlub etib oltin medalni qoʻlga kiritgan[3].

U Polshaning Krakov shahridagi „Krynica-Zdroj Arena“ stadionida boʻlib oʻtgan III Yevropa oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 73 kg vazn toifasida oʻtkazilgan bahslarda vengriyalik raqibi Rebeka Furedini 16-raundda 2:0, fransuz Althea Laurini chorak finalda 2:0 hisobida va xorvatiyalik Nika Klepak esa yarim finalda 2:0 magʻlubiyatga uchratgan. Sportchi finalda serbiyalik raqibi Nadica Bozanichni ham 2:0 hisobida magʻlub etgan va oltin medalni qoʻlga kiritgan[4].

Manbalar tahrir

  1. „TaekwondoData“. 2022-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
  2. „Sude Yaren Uzunçavdar, Dünya şampiyonu - Spor Haberleri“ (2022-yil 7-avgust). 2023-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
  3. „Sude Yaren Uzunçavdar 2 turnuvada da şampiyon oldu!“. 2022-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
  4. „2023 Avrupa Oyunları'nda Sude Yaren Uzunçavdar altın madalya kazandı!“. 2023-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.