Sud ekspertiza
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Sud eksprtizasi - fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat va ma'muriy sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, san'at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini o'tkazish va xulosa berishdan iborat bo'lgan protsessual harakatdir[1].
Sud ekspertizasining o'ziga xos xususiyatlari
tahrirBirinchidan
tahrirsud ekspertizasi qonunda nazarda tutilgan tartibda o'tkaziladigan protsessual harakat. Uni o'tkazish uchun aniqlanadigan holatning aniq shart-sharoiti, muhimligi va ahamiyatidan kelib chiqqan holda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ekspert ekspertiza tekshiruvini faqat qaror (ajrim) va tadqiqot obyektini olgandan so'nggina o'tkazadi.
Ikkinchidan
tahrirekspertiza tayinlash, o'tkazish, natijalarini rasmiylashtirish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Uchinchidan
tahrirekspertiza fan, texnika, san'at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar, amaliy tajriba va maxsus ko'nikmalarga ega shaxs tomonidan o'tkaziladi.
To'rtinchidan
tahrirekspert tomonidan jinoyat ishining barcha holatlari emas, balki ayrim jihatlari tadqiq etiladi.
Beshinchidan
tahrirsud ekspertizasi natijalari ekspert xulosasi shaklida rasmiylashtiriladi hamda dalil ahamiyatiga ega bo'ladi.
Oltinchidan
tahrirekspertiza xulosasiga baho berish, undan dalil sifatida foydalanish surishtiruvchi, tergovchi prokuror yoki sud vakolatiga taalluqli.
Sud ekspertizasi predmeti va obyektlari
tahrirEkspertiza predmeti
tahrirEkspertiza predmeti deganda, amaliy jihatdan muayyan turdagi ekspertiza tomonidan obyektni tadqiq etish yo'li bilan hal etiladigan aniq vazifalar tushuniladi.
Ekspertiza obyekti
tahrirEkspertiza obyekti ekspert tekshirishi uchun beriladigan aniq obyektlar.
Ashyoviy dalillar
tahrirTekshirish uchun namunalar
tahrirMurdalar va ularning qismlari
tahrirTirik odam
tahrirSud ekspertizasi o'tkazilayotgan ish materiallari
tahrirHujjatlar
tahrirBoshqa moddiy obyektlar
tahrirSud ekspertizalar klassifikatsiyasi
tahrirSud ekspertiza klassifikatsiyasi[3] (lotincha "classis" - "turkum", "facere" - "qilish" so'zlaridan olingan bo'lib, hajmni bo'lishning majmui tushuniladi) jinoyat ishini yuritish nazariyasi va amaliyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, aniq ilmiy va amaliy maqsadlar hamda tashkiliy-boshqaruvdagi muammolarni hal etish uchun xizmat qiladi.
Sud ekspertiza quyidagi darajalar bo'yicha klassifikatsiya qilinadi[4]:
- toifa
- turkum
- tur
- xil
Manbalar
tahrirhttps://lex.uz/ru/docs/-1633666
https://advice.uz/oz/document/2651 Sud ekspertizasi
https://kun.uz/uz/news/2022/04/08/sud-ekspertizasi-togrisidagi-qonunning-yangi-tahriri-elon-qilindi «Sud ekspertizasi to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi e’lon qilindi