Harakatning boshlanishi

tahrir

1820-yilda Muhammad Ali Bosib olganidan keyin Sudandagi vaziyat ko‘p jihatdan Misrda voqealar sodir bo‘lishi jarayonlariga bog‘liq bo‘lib qoldi. Biroq Misr-Sudan o‘zaro ta’siri va hamkorligining ijobiy jihatlari mamlakatning yalpi talanishi, ko‘plab farzandlarining qullik asoratiga solinishi, oltin, Qumma, indigo, fil suyagi, tuyaqush patlari va hokazolar Misrga va uerdan Istambul va Yevropaga olib ketilishi singari salbiy hodisalar tufayli nihoyatda uzoq vaqt uzilib qolgan edi. Sudanni istilo qilish va uni boshqarish garchand xavfli, ammo foydali ish deb hisoblangani tufayli misrliklar og‘zidan mo‘may luqmani yulib olishga harakat qilgan ko‘plab ajnabiy mashmashaboz va firibgarlar ham ayniqsa bu jarayonda faol qatnashgan edi. Provinsiyalar gubernatorlari inglizlar Beyker, Lepton va Gordon (Gordon podshox), italyan Romulo Jessi, nemislar Shpitser (Amin podshox) va Gigler podshox, avstriyalik Slatin podshox, Misr korpusiga boshchilik qilib Sudandan Efiopiyaga bostirib kirgan daniyalik Anderup ana shundaylar sirasiga kirar edi. Ana shu «baxt-saodat va amal-mansab shikorbozlari» sudanliklarni shu qadar qattiq ekspluatatsiya qilib ezib ishlatdilarki, bu narsa 1881-yilda umumxalq qo‘zg‘olonini keltirib chiqardi. U bunga qadar ayniqsa olis va chekka Bahr al-o‘azol va Kordofan provinsiyalaridagi qabilalar va feodal hukmdorlarning tarkibiga ko‘ra turk-cherkas yoki yevropalik bo‘lgan zobitlar kamldan-kam hollarda umumiy til topa oladigan sudanlik arablar, nubiyaliklar va boshqa afrikaliklar ham saflarida ancha-muncha bo‘lgan Misr armiyasi askarlari isyonlariga qo‘shilib ulanib ketadigan ko‘p sonli isyon va G‘alayonlari zaminida tayyorlangan edi. Ingliz Gordon butun Sudan general-gubernatori bo‘lgan 1877-yildan boshlab bu isyonlar va G‘alayonlar uzluksiz davom etib keldi.

Madhiylar haqakati

tahrir

1881-yil qo‘zg‘oloniga esa o‘zini «Mahdiy» deb e’lon qilgan darbadar darvish-voiz Muhammad Ahmad (1843-1885-yillarda yashagan) boshchilik qildi. Duradorning o‘g‘li va Somoniya diniy birodarligi a’zosi bo‘lmish Muhammad Ahmad Abba orolida (Xartumdan janubroqda) «islom pokizaligi» uchun, yalpi tenglik va birodarlik uchun, yevropaliklar tomonidan «axloq-odob buzilishi»ga qarshi, u yolg‘onchi musulmonlar va bid’atchilar deb hisoblagan «turklar va cherkaslar» zo‘ravonligiga qarshi kurash olib borish kerakligini targ‘ib qila boshlagan edi. Uning da’vatlari sudanliklar orasida, shu jumladan, muqaddam tor-mor etilgan isyonchilar otryadlari, shuningdek, Misr armiyasining askarlari va hattoki ofiserlari orasida, Ahmad A’robiy tor-mor etilishi va Misrning Buyuk Britaniya tomonidan bosib olinishidan qahr-Qazab kelgan sudanliklar va misrlik orasida aks sado topdi. Muhammad Ahmad – Mahdiy tarafdorlari o‘zini «fuqaro» (kambag‘allar) deb atashgan va Mahdiyning: «Bir dirham soliqqa qaraganda yuzta qabr avlodir» degan shoiriga ergashgan holda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashgan edi. 1882-yildan boshlab mahdiychilar endilikda jangovar layoqatli o‘z armiyasiga ega bo‘lib qolgan, 1883-yildan boshlab ularning ta’siri shaharlarga yozila boshladi, shaharlarda hatto mo‘may boylik orttirish maqsadida bu mamlakatga kelib qolgan xristianlar – levantiyaliklar islomni qabul qildilar va Mahdiy ta’limotni qo‘llab-quvvatladilar. 1881-yil kuzidan boshlab mahdiychilar ularga qarshi jo‘natilgan bir qancha jazo otryadlarini tor-mor etdilar va qirib tashladilar. 1883-yil noyabrida mahdiychilar ingliz generali Xiksning 10 ming kishilik korpusini tor-mor etib qirib tashlaganda generalning o‘zi ham halok bo‘ldi. 1884-yilda inglizlar Lepton va Beykerning tag‘in ikkita korpusi qirib tashlandi, Beykerning o‘zi esa asirga tushdi. Mahdiy bilan shaxsan shartnoma tuzishga urinib ko‘rgan general-gubernator muvaffaqiyatsizlikka uchradi va 1884-yil martidan boshlab Xartum shahri qamalga olindi. Misrdan uni qutqarib qolishga jo‘natilgan 7 ming kishilik korpus kechikdi: qo‘zg‘olonchilar 1885-yildan boshlab shaharni yalpi hujum bilan oldilar, ana shunda Gordonning o‘zini ham, u bilan birga bo‘lgan inglizlarni ham o‘ldirib tashladilar. Ana shu voqeadan keyin ko‘p o‘tmay Muhammad Ahmad – Mahdiy vafot etdi, u tashkil qilgan davlatga esa xalifa unvonini qabul qilgan izdoshi Abdulloh boshchilik qilishga kirishdi. Mahdiychilar davlatining harbiy funksiyalari eng asosiysi bo‘lib qoldi, chunki bu davlat Misr bilan (aniqrog‘i, Misrdagi inglizlar bilan), Efiopiya negusi bilan (hali misrlik tomonidan habashlardan bosib tortib olingan musulmon viloyatlar uchun), g‘arbiy Sudan Darfur viloyatining mahdiychilarni tan olmagan sultoni bilan, 1893-1894-yillarda Sudanning Qassol shahrini bosib olgan italyanlar bilan, 1894-yildagi bitim bo‘yicha inglizlar 16-yilga ijaraga berib qo‘ygan butun boshli Ekvatorial Sudan viloyati uchun belgiyaliklar bilan urush holatida bo‘lib keldi. Boz ustiga Sudan Afrikani taqsimlab olish borasidagi ingliz-fransuz ziddiyatlari markazida turib qoldi, fransuzlarning polkovnik Marshan boshchiligida otryadi 1896-yildan boshlab go‘yoki Jibutidan Addes-Abebagacha temir yo‘l qurilishini ta’minlash maqsadida Sudan hududi bo‘ylab Nilning yuqori oqimiga qarab harakatlana bos

Omdurman jangi

tahrir

1898-yil sentabrida Omdurman yaqinidagi jangda Kitchener tarixda ilk marotaba «maksim» pulemyotini, «tochkis» tezotar zambaragini, sochma o‘qlar otuvchi «li-metford» yangi vintovkasini ishga soldi. Xalifaning 50 minglik armiyasining qoq yarmi qirib tashlandi, qolgani esa qutulib qoldi. Omdumanni ishg‘ol qilgan inglizlar Muhammad Ahmad – Mahdiy maqbarasini topdilar va uning ustixonlari kulini Nil daryosiga sochib yubordilar. Jonini saqlab qolishga erishgan Abdulloh bag‘g‘ora qabilasiga suyanib partizanlik urushi olib borishga harakat qilib ko‘rdiyu, ammo 1899-yilda o‘ldirildi. Shunga qaramasdan, alohida-alohida janglar 1902-yilgacha, mahdiychilarning so‘nggi guruhlari mamlakatni tark etmaguniga qadar davom etaverdi.  Omdurman yaqinidagi jangdan so‘ng ingliz-fransuz urushi boshlanib ketishiga sal qoldi, chunki polkovnik Marshan otryadi Sudan janubidagi Fashod shahrini 19-sentabrda Kitchener qo‘shinlari unga yetib kelgunga qadar ishg‘ol qilib egallagan edi. Har ikkala korpus bir yarim oy davomida bir-birining qarshisida turdi va faqatgina 4-sentabrda Parij polkovnik Marshanga chekinishga buyruq berdi. Fransiya o‘sha kezlarda Angliya bilan germaniya yaqinlashuvidan zavfsirab turgan va Efiopiyadan va’da qilingan madad va qo‘llab-quvvatlashni olmagan edi. Sudanda barqaror o‘rnashib olgan inglizlar bu mamlakat ustidan o‘z hukmronligini kondimium, ya’ni Misr bilan birgalikda boshqarish ko‘rinishida rasmiylashtirishga harakat qildilar. Ana shu palladan boshlab Sudan «Angliya-Misr Sudani» deb atala boshladi, amalda esa Misrning Sudanni boshqarishdagi ishtiroki Buyuk Britaniya qo‘shinlari bilan birgalikda Sudanda o‘z qo‘shinlarini – bitta misrliklar batalonini joylashtirish, shunngdek, ikki darajali lavozimlarni egallagan misrlik bir qator amaldorlarni mahalliy ma’muriyat tarkibiga kiritishdangina iborat bo‘lgan, xolos. Sudanga rasman hadiv tomonidan tasdiqlanuvchi o‘z general-gubernatorini tayinlovchi Buyuk Britaniya hukumati mamlakat xo‘jayiniga aylanib qoldi. Butun hokimiyat vakolatlari inglizlar qo‘liga o‘tib ketdi. Shundoq bo‘lsa-da, inglizlarning Sudannni boshqarish bilan bog‘liq xarajatlarning hammasini to‘lashni Misr o‘z zimmasiga olgan edi! Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas-da! 1900-yilda sudanliklardan tuzilgan Misr armiya bo‘linmalari qo‘zg‘olon ko‘tardi. Shundan keyin esa 1927-yilga qadar  mamlakatda mustamlakachilikka qarshi alohida-alohida qabilalar sardorlarining isyonlari bo‘lib turdi, ana shular orasida «Qayta tirilgan Iso payg‘ambar», ya’ni Iisus Xristosning 1904-yildagi qo‘zg‘oloni ancha sezilarli va salmoqli tus olgan edi. Ammo baribir Darfurda Ali Dinorning harakati baribir nufuzliroq kechdi. Darfur oxirgi sultonining nevarasi Ali Dinor 1898-yilda mamlakatdan Misrga keldi, bu yerda mavrusiy saltanat qayta tiklanishini e’lon qildi. Boshqa sultonlar va qabilalar bilan bir qatorda Ali Dinor Angliya va Fransiyaning mustamlaka mulklari o‘rtasida Sharqiy Sahroyi kabirda «bufersimon zona»ga o‘xshash davlat tuzilmasini tashkil qilgan edi. San’usiylar doimiy aloqada bo‘lib turgan va ulardan qurol-aslaha olib turgan Ali Dinor inglizlarning Sudandagi hukmronligiga qarshi kurashishni rejalashtirdi. Bu ishni u 1915-yilda Darfur mustaqilligini e’lon qilish asnosida amalga oshirgan edi. Ingliz-misrliklar otryadi tomonidan tor-mor etilgan Ali Dinor partizanlik urushiga o‘tib olishga majbur bo‘lib qoldi-yu, ammo 1916-yil noyabrida jangda halok bo‘ldi.

Adabiyotlar Ro'yxati.

tahrir

ARAB MAMLAKATLARI TARIXI. Abdullayev Nodir Abdulhayevich, Qodirov Zikrilloxon Musaxonovich, Ikromov Shavkat Iskandarovich, Bekmuradov Sanjar Tursunmamatovich, Karimov Nodir Rahmonqulovich. T. 2018.Y