Suhrob Xo‘jayev
Suhrob Rustamovich Xoʻjayev (1993-yil 21-mayda tugʻilgan, Xatlon viloyati, Parxar) — tojik va oʻzbek yengil atletikachisi, bolgʻacha uloqtirish boʻyicha usta. U sportdagi faoliyatini Tojikiston terma jamoasidan boshlagan, 2010-yildan buyon xalqaro miqyosda Oʻzbekistonni sharafini himoya qilib kelmoqda. Ikkita yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Osiyo oʻyinlari va Osiyo chempionatlarining bronza medali sovrindori, milliy ahamiyatga ega chempionatining koʻp karra gʻolibi.
Suhrob Rustamovich Xoʻjayev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
21-may 1993-yil Parxar, Xatlon viloyati, Tojikiston |
Sport | |
Qaysi sport | yengil atletikachi |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Osio oʻyinlari | ||
Bronza | Jakarta 2018 | bolgʻacha |
Osio chempionati | ||
Bronza | Doha 2019 | bolgʻacha |
Islom birdamlik o'yinlari | ||
Oltin | Konya 2021 | bolgʻacha |
Tarjimai hol
tahrirSuhrob Xoʻjayev 1993-yil 21-mayda Tojikistonning Xatlon viloyatining Parxar qishlogʻida dunyoga keladi. Ikki yoshida u oilasi bilan Dushanbaga doimiy yashash uchun kelishadi.
Xoʻjayev olti yoshidan sport bilan mashgʻul, oʻzini gimnastika, suzish, tennis, boksda sinab koʻradi, 2006-yilda keyinchalik sportning engil atletika yoʻnalishini tanlaydi. U murabbiysi Shamshod Qurbonov qoʻl ostida disk uloqtirish boʻyicha, soʻng yoʻnalishini bolgʻa uloqtirishga oʻzgartirib, murabbiy Suhrob Mardonov bilan shugʻullanishni boshlaydi. Keyinchalik u Dilshod Nazarov, Aleksandr Piskunov va Andrey Abduvaliyev kabi murabbiylar bilan shugʻullanadi. 2009-yilda Jismoniy tarbiya kollejini tamomlaydi.
U xalqaro maydondagi ilk jiddiy muvaffaqiyatini 2009-yilgi mavsumda Tojikiston terma jamoasi tarkibiga kirib, Briksendagi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga tashrif buyurganida qoʻlga kiritadi va u yerda bolgʻa uloqtirish boʻyicha kumush medalga sazovor boʻladi.
Suhrob 2010-yilda butunlay Toshkentga koʻchib oʻtadi va shu vaqtdan buyon Oʻzbekiston terma jamoasini xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilib kelmoqda.
2012-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori boʻladi, Barselonada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritadi va Londondagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida bir qator muvaffaqiyatli oʻyinlari evaziga mamlakat sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritadi. Erkaklar oʻrtasidagi bolgʻa uloqtirish dasturida u 65,88 metr natija koʻrsatib, musobaqa yakuniy bayonnomasida 38-qatordan joy oladi.
2014-yilda Inchxondagi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, oʻz yoʻnalishi boʻyicha beshinchi boʻladi.
2015-yilda Uxanda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida bolgʻa uloqtirishda toʻrtinchi, Pekindagi jahon chempionatida esa 28-oʻrinni egalladi.
Oʻzbekiston terma jamoasi yetakchilari qatorida 2016-yilda Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtadi. Bu safar u 70,11 metrga bolgʻacha uloqtirib, umumjamoa hisobida 23-oʻrinni egalladi[1].
Oʻz faoliyatidagi ikkinchi Olimpiadadan soʻng Xoʻjayev yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida qoladi va yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etishda davom etadi. Shunday qilib, 2017-yilda u Bokudagi Islom birdamlik oʻyinlarida ishtirok etib, beshinchi oʻrinni tutadi.
Suhrob 2018-yili Jakartada oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida bronza medalini olishga muvaffaq boʻladi[2].
Shuningdek, u 2019-yilda Dohadagi Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor boʻladi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Нарзуллохи Латиф. „Сухроб Ходжаев: Если бы не был прооперирован, то вышел бы в финал“. Радио Озоди (2016-yil 19-avgust). Qaraldi: 2019-yil 21-may.
- ↑ Спортсмены Узбекистана удостоились еще шести медалей Азиады Gazeta.uz 27.08.2018
- ↑ Легкоатлеты Узбекистана в медальном зачете ЧА вошли в пятерку сильнейших Kun.uz 26.04.2019
Havolalar
tahrir- Suhrob Xoʻjayev — IAAF veb-saytidagi profil
- Suhrob Xoʻjayev — Sports-Reference.com saytida Olimpiya o'yinlari statistikasi
- Suhrob Xoʻjayev — Xalqaro olimpiya qo'mitasi veb-saytidagi sahifa