Sulaymon Demirji
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Sulaymon (Sergey) Etemovich Demirji (ruscha: Демирджи, Сулейман Этэмович; 1940-yil 10-fevral, Aqtoʻbe viloyatida tugʻilgan) – sobiq sovet futbolchisi va futbol murabbiy. Futbolchilik davrida darvozabon pozitsiyasida oʻynagan
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sulaymon (Sergey) Etemovich Demirji | ||
Tavallud sanasi | 13-fevral 1940-yil | ||
Tavallud joyi | Chalqarda, Oqtoʻba viloyati, Qozogʻiston SSR | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1961 | SSKA Moskva | 0 | (0) |
1962 | Paxtakor | 1 | (0) |
1963 | Kimyogar Chirchiq | 0 | (0) |
1964 | Energetik (Dushanbe) | 1 | (-2) |
1964—1966 | FC Tom Tomsk | 89 | (0) |
1967 | FC Irtysh Omsk | 14 | (-6) |
1968 | Tomles | 33 | (0) |
1969 | FC Irtysh Omsk | 22 | (-16) |
1970—1971 | Avtomobilist (Krasnoyarsk) | 66 | (-50) |
Boshqargan klublari | |||
1976—1977 | Avtomobilist (Krasnoyarsk) | ||
1978—1993 | FC Angara Boguchany | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Biografiya
tahrirSulaymon bolaligida futboldan tashqari boks va bandy bilan shugʻullangan. Demirji Turkiston harbiy okrugida harbiy xizmat olib borgan davrida futbolga jiddiy qiziqa boshlagan. Harbiylar jamoasi safidagi muvaffaqiyatli oʻyinlari tufayli CSKA Moskva jamoasi mashgʻulotlariga qoʻshilgan. 1962-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibida Sovet ittifoqining „A“ toifasidagi ligasida bitta oʻyin oʻtkazgan. Keyinchalik Chirchiqning „Kimyogar“ jamoasi tarkibida mahalliy chempionatda oʻynagn. 1964-yildan SSSRning ikkinchi darjali ligasi, B toifasidagi turnirda ishtirok etadigan bir qator klublarda oʻynagan. Demirji 1960-yillar oxirida Sibirdagi eng yaxshi darvozabonlardan biri hisoblangan[1].
Faoliyatini yakunlagach, futbol murabbiyi boʻlgan. Bir muncha vaqt Sergey Demirji Krasnoyarskning Avtomobilis jamooasi murabbiy boʻlib ishlagan. Keyinchalik yangi tashkil etilgan „Angara“ (Boguchany) jamoasida murabbiylik qilgan[2]. Uning rahbarligida jamoa bir necha bor Krasnoyarsk oʻlkasida chempionlikni qoʻlga kiritgan. 1992-yilda klub Rossiya chempionatining ikkinchi ligasida ishtirok etgan.
Oila
tahrirSulaymon Demirjining farzandlari – Artyom (1960-yilda tugʻilgan)[3] va Sergey (1971-yilda tugʻilgan)[4] ham futbol oʻynashgan. Otalari boshchiligida ular „Angara“ jamoasi tarkibida oʻynashgan. Nevarasi Dmitriy esa toʻpli xokkey sport turida faoliyat olib borgan. Dmitriy 2022-yil aprel oyida Ukrainadagi janglar oqibatida halok boʻlgan[5]
Manbalar
tahrir- ↑ „Сергей Демирджи: «Рано закончил играть не по своей воле…» ///14.02.2000“. 2018-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-iyun.
- ↑ „Непобедимая и легендарная“ (ru). «Ангарская правда». old.angarka.info (2013-yil 29-avgust). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-yanvar.
- ↑ „Демирджи Артем Сулейманович“. 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-iyun.
- ↑ „Демирджи Сергей Сулейманович“. 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-iyun.
- ↑ Krasnoyarsi, pogibshie v spesoperatsii na Ukraine v 2022 godu | Pogib Dmitriy Demirdji | NGS24 – novosti Krasnoyarska
Havolalar
tahrir- Sulaymon Demirji FootballFacts.ru saytida (ruscha)
- Bir yunon Dnepr boʻylab sayohat qildi …