Sulaymoniya madrasasi
Sulaymoniya madrasasi (Madrasai Sulaymoniya) — Qoʻqonning Yuqori Haydarbek mahallasida joylashgan madrasa. Barpo etish ishlari Qoʻqon xoni Sulaymon Shodibiy tomonidan boshlanib, Norboʻtabiy tomonidan 1763-yilda yakunlangan. Xon madrasasi turkumiga kirgan. Domla Pirmuhammad aʼlam Qulmuhammad oʻgʻli bosh mudarrislikka tayinlangan. Hujralar 12 ta, talabalar hamda mudarrislar mos ravishda 30 va 3 nafar boʻlgan. 1918-yilda „Qoʻqon voqeasi“ oqibatida buzilib ketgan[1].
Madrasa | |
Sulaymoniya madrasasi
Madrasai Sulaymoniya | |
Manzil | Qoʻqondagi Yuqori Haydarbek mahallasi |
Loyiha mualliflari | Sulaymonxon Shodibiy, Norboʻtabiy |
Binokorlik | ?—1763 |
Soʻngi imom | {{{Imom}}} |
Hujralar soni | 12 |
Manbalar
tahrir- ↑ Muhammad Yahyoxon Xoʻqandiy. Хўқанди латиф маноқиби (oʻzbekcha), 2018-yil — 58-bet. ISBN 978-9943-1247-8-3.