Sulton Idrisshoh II masjidi
Sulton Idrisshoh II masjidi (malaycha: Masjid Sultan Idris Shah II) – Malayziyada joylashgan Perak davlat masjidi. Masjid Perak viloyati Ipoh tuman politsiya boshqarmasi, Syariah sudi, Ipoh Oliy sudi va Ipoh avtovokzali yaqinida joylashgan[1].
Masjid | |
Sulton Idrisshoh II masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Perak | Ipoh |
Koordinatalar | 4°35′46.2″N 101°04′33.0″E / 4.596167°N 101.075833°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Binokorlik | 1966—1968 |
Sulton Idrisshoh II masjidi Vikiomborda |
Tarixi
tahrirMasjid qurilishi 1966-yilning may oyida boshlanib, 1968-yilning avgustida yakunlangan. Masjid rasman 1978-yilning sentyabr oyida peraklik sulton Idrisshoh II ning 54 yoshga toʻlgan tavallud kunida ochilgan. Masjid Ipoh shahrining markazida joylashgan boʻlib, taxminan 2,6 gektar yer maydoniga ega. Masjid qurilishi 1966-yil 16-mayda boshlangan boʻlib, binoning tamal toshini 1967-yil 27-oktyabrda oʻsha paytda Bosh vazir oʻrinbosari boʻlgan (marhum) Tun Haji Abdul Razak qoʻygan[2].
Dastlab masjid „Davlat masjidi (Perak)“ deb nomlangan, keyinchalik 1984-yilda Sulton Idris Iskandarshoh II sharafiga „Sulton Idrisshoh II masjidi“ deb nomlangan.
Ushbu masjidni qurish gʻoyasi marhum Orang Kaya-Kaya Panglima Bukit Gantang Seri Amar Diraja Abdul Wahab tomonidan 1951-yilda berilgan. Qurilishning umumiy qiymati 1 840 000.00 ringitga teng boʻlgan.
Transport
tahrirMasjidga KTMning (Keretapi Tanah Melayu – Malaya temir yoʻli) Ipoh stansiyasidan sharq tomonga qarab piyoda borish mumkin.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Masjid Sultan Idris Shah II - Islamic Tourism Centre of Malaysia“. itc.gov.my. 2014-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „MASJID SULTAN IDRIS SHAH IL“.[sayt ishlamaydi]