Sulton peshoyi
Sulton peshoyi — Boburga Hirotdan Kobulga qorli dovondan oshib o‘tib borish uchun yo‘l ko‘rsatgan tarix shaxs. Bobur uni "Sulton otliq peshoyi" deb keltiradi. “Boburnoma”da bu yo‘l mashaqqati batafsil keltirilgan. O‘sha sovuq Boburning qulog‘iga qattiq ta’sir qiladi. “Charxning men ko‘rmagan jabru jafosi qoldimu” matla’li g‘azalining ilk ikki misrasi o‘sha paytda tug‘iladi. Qor kechish voqeasida keksaligi yoki qorning qalinligi sababli Sulton Peshoyi yo‘lni yo‘qotib qo‘yadi. Sulton Peshoyining ismi “Boburnoma”ning ayrim nashrlarida Birsulton, ayrim nashrlarida esa Pirsulton deb ko‘rsatilgan.
“Bir Sulton otliq peshoyi boshchi edi, qarilig‘idin yo oldorag‘onidinmu yo qorning ulug‘lig‘idinmu, yo‘lni yo‘qotti, boshlay olmadi”.[1]
Adabiyotlar
tahrirZahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediya. SHARQ. — T.: 2014.
Manbalar
tahrir- ↑ "Boburnoma". Yulduzcha nashriyoti. — Toshkent. 1989 yil.