Sun Yat-sen
(Sun yatsendan yoʻnaltirildi)
Sun Yat-sen (boshqa ismlari: Sun Chjunshan, Sun Ven) (1866—1925) — Xitoy siyosat arbobi. 1894-yil Sinchjunxoy tashkilotini, 1905-yil — Tunmexoy ommaviy tashkilotini tuzgan. 1911 — 13 yillardagi Sinxay inqilobi rahbari. Xitoy Respublikasining 1- (muvaqqat) prezidenti (1912-yil 1 yanvar — 1 aprel). 1912-yil gomindan partiyasiga asos solgan.[1] 1940-yilda Sun Yat-senga "millat otasi" unvoni berildi.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |