Sunbuliy tariqati - Turkiyada ko‘proq “Sunbul afandi” nomi bilan mashhur bo‘lgan Sunbul Sinon afandi tomonidan asos solingan Xilvatiya tariqatining bir tarmog‘idir. Sunbul afandi 1464-yilda yoki 1475-1480-yillarda Turkiyaning Merzifon shahrida tug‘ilgan. U Istanbuldagi Koja Mustafo Posho masjidida Xilvatiy tariqati shayxi Muhammad Jamoliddin Xilvatiy huzurida darvesh boʻldi.

Shayx Muhammad Jamoliddinning xalifi tahrir

Shayx Muhammad Jamoliddinning xalifi yoki vakili bo‘lganidan keyin u Misrga yuboriladi va u yerda Xilvatiy tariqatini yoydi. Shayxining vafotini eshitib, Istanbulga qaytib keladi. U Istanbulning Fotih tumanidagi Koja Mustafo Posho takkasiga dafn etilgan. Bir necha yuz yillar davomida bu takka Sunbuliy tariqati markazi bo‘lib xizmat qilgan, bu tariqatning barcha buyuk shayxlari ushbu takkaga dafn etilgan.

ziyoratgoh tahrir

Turkiya jumhuriyatga aylanganda, Sunbuliy takkasi ham yopildi. Keyinchalik u masjid ko‘rinishida qayta ochildi va hozirda ham faoliyatini davom ettirmoqda. Sunbul afandining maqbarasi Turkiyadagi taqvodor musulmonlarning ziyoratgohi bo‘lib qolmoqda.

Manbalar tahrir