Supergirl

Reamonn guruhi singli (2000)

Supergirl“ (tarjimasi „Superqiz“) — „Reamonn“ olmon rok musiqa guruhining ilk singli. 2000-yilning 27-martida „Virgin Records“ lebylining shoʻbasi boʻlgan „Virgin Schallplatten“ leybli tomonidan eʼlon qilingan. Singlning orqa tomonidan „7th Son“ qoʻshigʻi oʻrin olgan. „Supergirl“ guruhning „Tuesday“ nomli ilk studiyaviy albomiga kiritilgan.

„Supergirl“
Reamonn qoʻshigʻi
„Tuesday“ albomidan
B tomon „7th Son“
Chiqarilgan sanasi 27-mart, 2000-yil(2000-03-27)
Davomiyligi 4:06
Leybl Virgin
Matn muallif(lar)i Rea Garvey
Uwe Bossert
Sebastian Padotzke
Philipp Rauenbusch
Mike Gommeringer
Prodyuser(lar) Steve Lyon
Reamonn singllari xronologiyasi
Supergirl
(2000)
„Josephine“
(2000)
Klipi
„Supergirl“ YouTubeda

„Supergirl“ 1999–2012-yillarda faoliyat yuritgan „Reamonn“ guruhi kuylagan eng taniqli qoʻshiqlarning biridir. Guruh aynan shu qoʻshiq ortidan shuhrat qozongan. Qoʻshiq Germaniya, Niderlandiya, Shveysariya, Avstriya hamda Rossiya radiolarida xitga aylangan. „Supergirl“ 2000-yilda ushbu mamlakatlarning har biridagi xit-paradlarda eng yuqori 10 pogʻona safiga kirgan. Germaniyada qoʻshiq koʻp sotilgani uchun „oltin“ sertifikat bilan taqdirlangan[1].

Qoʻshiqda oʻziga ishonuvchi, irodasi kuchli hamda yengilmaydigan qiz haqida soʻz boradi. Qoʻshiq matnini guruh aʼzolari Raymon Garvey (talaffuzi: Raymon Garvi), Uwe Bossert (talaffuzi: Uve Bossert), Sebastian Padotzke (talaffuzi: Sebastyan Padotske), Philipp Rauenbusch (talaffuzi: Filipp Raunbush) hamda Mike Gommeringer (talaffuzi: Mayk Gommeringer) hamkorlikda yozgan. Qoʻshiqqa Steve Lyon (talaffuzi: Stiv Lion) produserlik qilgan.

2015-yil olmon qoʻshiqchisi Anna Naklab „Supergirl“ qoʻshigʻi kaverini yozdi. Naklab kaverni olmon DJi Alle Farben hamda olmon DJ dueti YOUNOTUS bilan hamkorlikda yozdi. Qoʻshiq Germaniya xit-paradlarida yuqori pogʻonalarga koʻtarildi hamda original versiyadan ham koʻproq adadda sotildi[2]. „Naklab“ kaverini oʻz navbatida Franz Alice Stern, Daniele Di Martino hamda Stereo Express jamoalari remiks qildi.

Manbalar

tahrir
  1. „Gold-/Platin-Datebank“. BVMI. Qaraldi: 10-iyun 2022-yil.
  2. „June 26th 15: Best No.1 Since Happy“. German Chartblog (26-iyun 2015-yil). Qaraldi: 10-iyun 2022-yil.

Havolalar

tahrir