Superman DC Comics komikslaridagi xayoliy superqahramondir. 1933-yilda Jerry Siegel va Joe Shuster tomonidan yaratilgan. U haqidagi ilk komiks Action Comics #1 boʻlib, ushbu komiks 1938-yilning iyunida nashr etilgan.[1]

Superman

Rassom Alex Ross
Nashr haqida maʼlumot
Nashriyot DC Comics
Debyut Action Comics #1 (1938-yil iyun / 1938-yil 18-aprel)
Muallif(lar) Jerry Siegel
Joe Shuster
Qahramon haqida maʼlumot
Pozitsiyasi Yaxshi
Toʻliq ismi Kal-El (tugʻilgan paytidagi ismi)
Clark Joseph Kent (oʻgay ota-onasi tomonidan qoʻyilgan ismi)
Turi Kriptonlik
Boʻyi 193 sm
Vazni 107 kg
Tavallud joyi Krypton
Ittifoqchilari va dushmanlari haqida maʼlumot
Guruh va tashkilotlar
Ittifoqchilari Moʻjiza ayol
Batman
Aquaman
Superqiz
Dushmanlari Joker
Harley Quinn

Superman Krypton nomli xayoliy sayyorada dunyoga kelgan. Tugʻilgan paytidagi ismi — Kal-El. Goʻdakligida Krypton sayyorasi yoʻq boʻlib ketishidan biroz oldin u ota-onasi tomonidan kichik fazo kemasida Yer sayyorasiga joʻnatiladi. Fazo kemasi AQShdagi Smallville nomli xayoliy shaharga kelib tushadi. Uni shu shaharda yashovchi fermerlar — Jonathan va Martha Kent asrab olib, Clark Kent ismini qoʻyishadi. Clark oʻzida koʻplab super qobiliyatlarni (alqbovar kuch, tashqi taʼsir oʻtkazmaydigan teri va hokazo) shakllantiradi. Oʻgay ota-onasi unga kuchini ezgulikka ishlatishi kerakligi aytishadi va u jimoyatchilikka qarshi kurashishga qaror qiladi. Shaxsiyatini yashirish maqsadida rangli kostyum kiyadi va oʻziga „Superman“ taxallusini qoʻyadi. Clark Metropolis nomli xayoliy shaharda yashab, shu shahardagi Daily Planet gazetasida jurnalist boʻlib ishlaydi. Supermanning yaqin doʻstlariga Lois Lane (yoqtirgani va hamkasbi), Jimmy Olsen (Daily Planet fotosuratchisi) va Perry White (muharrir) kiradi. Dushmanlari qatoridan esa general Zod, Brainiac va Lex Luthor oʻrin olgan.

Action Comics #1 komiksidagi Supermanning surati.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir