Surunkali empiyema
Surunkali empiyema - plevral boʻshliqda kechayotgan surunkali, yiringli jarayon. Bu destruksiyaning koʻp uchraydigan asoratlaridan hisoblanadi.[1]
Klinikasi
tahrirSurunkali empiyema 3 oydan koʻproq vaqt davom etib, plevra boʻshligʻda qoʻpol fibroz parda hosil qiladi, o‘pkani siqib qoʻyadi va koʻkrak qafasining deformatsiyasiga olib keladi. Kasallik tarixidan uzoq vaqt davolanish olib borilganligi, drenaj naychaning koʻkrak qafasida ancha payt turganligi va oʻpkaning oʻrniga qaytmaganligi aniqlanadi. Surunkali empiemaning klinik koʻrinishida kasal umumiy ahvolining yaxshilanishi kuzatiladi. Klinik va rentgenologik belgilarda oʻpka va plevraning oʻtkir yalligʻlanish jarayonlari kuzatilmaydi, nafas yetishmovchiligi kuchaymaydi, surunkali yiringli intoksikatsiya simptomlari ustun turadi. Kasallangan tomonda koʻkrak qafasi ichkariroq joylashadi. Surunkali empiyema bronxoplevral va plevra-teri oqmalariga olib kelishi mumkin.[2]
Diagnostikasi
tahrirPerkussiyada kasallangan tomonda perkutor jarayonning qisqarishi, nafas olishning susayishi kuzatiladi. Xirillashlar kasallangan oʻpkada bronxitning rivojlanishiga bogʻliq boʻladi. Rentgenologik tasvirda qovurgʻalararo oraliqning torayishi kichik va katta oʻlchamda boʻlgan boʻshliqlar va oʻpkaning siqilishi aniqlanadi. Bunda suyuqlik sathi ham aniqlanadi. Koʻplab qattiq fibroz bitishmalar hisobiga oʻpka tiniqligi pasayadi. Koʻks oraligʻi patologik tomonga siljiydi. Surunkali empiyemada bronxografiyadan foydalanish qulay boʻladi. Agar bronxlar deformatsiyasi aniqlansa, silindrik va xaltasimon bronxoektaziya tasdiqlansa va keng bronxial oqmalar boʻlsa, unda xirurgik muolaja oʻtkazish zarur.[2]
Davolash
tahrirEmpiyema boʻshligʻini antibiotik va antiseptik moddalar bilan yuvish kerak. Umumiy quvvatlovchi dori vositalaridan foydalanish lozim. Surunkali empiyema yarim yilgacha davom etayotgan boʻlsa, yana 2—3 oy konservativ davolash mumkin. Konservativ davolashda empiyema boʻshligʻi quruq va yiringdan toza boʻlsa, unda davolash natijasi ijobiy hisoblanadi. Agar boʻshliqlar ichida yiring va suyuqlik qolsa, xirurgik muolaja tavsiya qilinadi. Surunkali empiyemada dekortikatsiya asosiy xirurgik usul hisoblanadi. Bronxoektaziya va bronxial oqmalar boʻlganda rezeksiya usuli qoʻllanadi. Ammo xirurgik muolaja davomida bemor koʻp qon yoʻqotishi va oʻpka deformatsiyalanishi mumkin.[3]
Yana qarang
tahrirHavolalar
tahrirManbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Aliyev, Mahmud. Surunkali xirurgik kasalliklar, 1, Toshkent: "Yangi nashr", 2018-yil — 240-bet. ISBN 978-9943-22-157-4.
- ↑ 2,0 2,1 Qobilov, Ergash. Empiyema. Toshkent: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2017-yil — 138-bet. ISBN 978-9943-07-448-4.
- ↑ Sulaymonov. Surunkali empiyema, 1, Toshkent: Abu Ali ibn Sino, 2000-yil — 162-bet. ISBN 5-638-02132-9.