Surx Koʻtal
(Surx koʻtaldan yoʻnaltirildi)
Surx koʻtal — Shim. Afgʻonistondagi Bagʻlon viloyati hududida joylashgan qad. tepalik. Surx koʻtaldan mil. 2—3-asrlarga oid yirik ibodatxona majmui topilgan, u Kushon podsholigi davridagi Baqtriya diniy meʼmorligining yirik yodgorligi hisoblanadi. Kushon podshosi Kanishkata bagʻishlangan va olov (oʻt)ga sigʻiniladigan ibodatxonalar chiqqan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |