Sutaşı
Sutaşı – Turkiya Respublikasi, Hatay viloyati Samandağ tumaniga qarashli mahalla[1]. Aholisi 6402 nafar kishi (2022)[2]. 2013-yilda qayta tashkil etilishidan oldin shaharcha (belde) boʻlgan[3][4].
Sutaşı
Sabunlu Mutayran | |
---|---|
Koordinatalari: 36°05′N 36°01′E / 36.083°N 36.017°E | |
Davlat | Turkiya |
Viloyat | Hatay |
Tuman | Samandağ |
Balandligi | 20 m (66 ft) |
Aholisi (2022) |
6 402 |
Vaqt mintaqasi | TRT (UTC+3) |
Pochta indeksi |
31800 |
Hudud kodi | 0326 |
Geografiya
tahrirSutaşı qadimda Orontes nomi bilan mashhur boʻlgan Asi daryosi boʻyida joylashgan. Hududda tez-tez suv toshqinlari boʻlib turadi va hudud nomi 1977-yilda suv toshqinlariga ishora qilib, Sutashi („suv tosh“) deb oʻzgartirilgan. Gʻarbda Samandağ bilan deyarli qoʻshiladi. Hududning Antakyagacha (viloyat markazi) boʻlgan masofasi 24 kilometr (15 mi)ni tashkil etadi.
Tarix
tahrirAholi punkti 1517-yilda Usmonlilar sultoni Salim I tomonidan egallangan va 1918-yilda Birinchi jahon urushi oxirida Fransiya hokimiyati ostiga oʻtgan. 1938-yilda Hatay Respublikasining qolgan qismi bilan birga Turkiyaga qaytariladi. 1955-yilda shaharcha markazi deb eʼlon qilinadi.
Iqtisodiyot
tahrirAholi punktidagi asosiy iqtisodiy faoliyat sohalari issiqxona va sitrus dehqonchiligi, shuningdek, chorvachilik hisoblanadi. Ayrim insonlar ipakchilik bilan ham shugʻullanadi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ Mahalle, Turkey Civil Administration Departments Inventory. Retrieved 19 September 2023.
- ↑ „Address-based population registration system (ADNKS) results dated 31 December 2022, Favorite Reports“ (en) (XLS). TÜİK. Qaraldi: 2023-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Law No. 6360“ (tr). Official Gazette (2012-yil 6-dekabr).
- ↑ „Classification tables of municipalities and their affiliates and local administrative units“ (tr) (DOC). Official Gazette (2010-yil 12-sentyabr).
- ↑ Department of Education in Samandağ (turkcha)