Suvoʻtlar
' (Algae)dunyochasi; sodda tuzilgan, asosan, suvli muhitda oʻsadi. Suvoʻtlar bir hujayrali mikroskopik kattalikda koloniya boʻlib yashaydigan, koʻp hujayrali va uz. 60 m gacha boʻlgan turlarni oʻz ichiga oladi. Ayrim turlarida toʻqimalar rivojlangan. Tanasining hujayralari ixtisoslashmagan, oʻtkazuvchi toʻqimalari rivojlanmagan. Rizoidlari substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Koʻkyashil va proxlorofit Suvoʻtlar — prokariotlar; ularni, odatda, mustaqil guruh sifatida sianobakteriyalarga, evglenasimon Suvoʻtlarni koʻpincha bir hujayrali hayvonlarga (xivchini boʻlishi, ayrim turlarining golozoy oziqlanishi tufayli) kiritiladi. Eukariot S hujayrasi xloroplastlari (xromatoforlari)da pirenoid, harakatchan Suvoʻtlarda xivchin, baʼzan koʻzcha, qisqaruvchi vakuola boʻladi. Koʻpchiligi avtotrof, bir qancha turlari geterotrof va golozoy oziqlanadi. Suvoʻtlarning bir qismi geterotrof, jumladan, parazit oziqlanishga oʻtgan. Vegetativ, jinssiz va jinsiy (gologamiya, izogamiya, anizogamiya, oogamiya) koʻpayadi. Suvoʻtlar zoosporalar hosil qilib koʻpayishi bilan yuksak oʻsimliklardan farq qiladi.
Biokimyoviy xususiyati (pigmenti, hujayra qobigʻi tarkibi, zaxira oziq moddalar xili)ga va gʻujayrasining submikroskopik tuzilishiga binoan, Suvoʻtlar 10 boʻlim; koʻkyashil, qizil, tillarang, diatom, dinofit, qoʻngʻir, sariqyashil, evglenasimon, yashil, harasimonlarga ajratiladi. 41000 dan ortiq turi maʼlum. Dengizlarda qirgʻoqdan boshlab 200 m gacha va undan ham chuqurroqda, chuchuk va oʻta shoʻrlangan suv havzalari, qaynoq buloqlar, tuproqda, jumladan, togʻ va dashtlarda uchraydi. Xivchinli davrga ega boʻlgan Suvoʻtlar 2 guruhga boʻlinadi: a va v xlorofillga ega boʻlgan yashil Suvoʻtlar (evglenasimonlar, yashil S, harasimonlar) hamda v xlorofillsiz, lekin koʻpincha s xlorofillga ega boʻlgan sariqqoʻngʻir Suvoʻtlar (tillarang, diatom, sariqyashil S). Suvoʻtlarning har xil boʻlimlari turli xil bir xujayrali organizmlardan mustaqil holda kelib chiqqanligi taxmin qilinadi.
Suvoʻtlar biosferada organik moddalarni ilk bor hosil qiluvchi organizmlar sifatida juda katta ahamiyatga ega; okeanlarda Si biomassasi 1,7 mlrd. t ga yaqin (1 yilda 550,2 mlrd. t). Suvoʻtlar 1 ga suv yuzasiga nisbatan 1,3—2,0 t quruq biomassa hosil qiladi.
Yer atmosferasida erkin kislorodning paydo boʻlishi ham Suvoʻtlar bilan bogʻliq. Suvoʻtlar eng qad. organizmlar boʻlib, ulardan boshqa oʻsimliklar kelib chiqqan. Koʻpchilik bir xujayrali Suvoʻtlar zamburugʻlar bilan simbioz yashashi tufayli lishayniklar xrsil boʻlgan (qarang Lishayniklar). Suvoʻtlarning Yer yuzidagi geokimyoviy ahamiyati kalsiy va kremniyning tabiatda aylanishi (diatom Suvoʻtlar qoldiqlari) bilan bogʻliq. Yirik Suvoʻtlar ovqat uchun ishlatiladi, chorva ozigʻi sifatida qoʻllanadi va tibbiyotda alginatlar, yod va mikrobiologiya sanoati uchun zarur boʻlgan agaragar olinadi. Laminariya, makrotsista, porfira va boshqa Suvoʻtlar dengizlarda maxsus koʻpaytiriladi (qarang Akvakuloʻpura), Koʻpchilik Suvoʻtlardan oqova suvlarni biologik tozalash va suv havzalarining ifloslanishini aniqlashda bioindikator sifatida foydalaniladi. Sni oʻrganuvchi fan — algologiya deyiladi.
Oʻktam Pratov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |