Suvyorgan koʻli
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Suvyorgan koʻli - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanidagi koʻl. Qum massivlari orasida joylashgan. Uz. 6–7 km, eni 200–700 m. Birbiri bilan tutash bir necha kuldan iborat. Suvyorgan koʻliga Paxtaarna kanalining ung tarmogʻi — Suvyorgan kanalining suvi quyiladi. Vegetatsiya davrida maydoni (ayniqsa, suv kamchil bulgan yillarda) juda ham kichrayib qoladi. Koʻlning Urtacha chuq. 1,5 m, baʼzi joylarda 5–6 m. Suvi tiniq, bir qismida ichishga yarokli boʻlsa, baʼzi qismlarida shoʻr. Kish oylarida koʻp qismi quruklikka aylanib qoladi. Kulning tubi, asosan, qumli, baʼzi yerlarida sariq, koʻkimtir, qora loyqalardan iborat. Suvyorgan koʻlida qamish va qoʻgʻa, atrofidagi qumliklarda yulgʻun, yantoq, cherkez va efemerlar usadi. Suvyorgan koʻlida turli baliklar yashaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |