Suxumi (gruzincha: სოხუმი) — Gruziyadagi shahar. Abxaziya poytaxti. Qora dengizdagi port, temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 120 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Mil. av. 6-asrda yunon savdogarlari Suxumi oʻrnida Dioskuriada shahriga asos soldilar. 1-asr boshlarida Vizantiyaga qarashli, Gruziya solnomalarida dastlab 736 yilda Sxum nomi bilan tilga olinadi. 12-asr dan Genuya faktoriyasi, 1724—1810-yillarda turklarning SuxumQalʼa istehkomi. 1864-yildan Suxum harbiy boʻlimi markazi. Shaharda yengil (shu jumladan, koʻnpoyabzal), oziqovqat (goʻsht, sut, konserva, baliq, tamaki, vino korxonalari), mashinasozlik va metallsozlik sanoatlari (priborsozlik, eksperimental gaz apparaturalari zavodlari), Suxumi GES (Gumista daryosida) ishlab turibdi. 2 institut (shu jumladan, Abxaz instituti), Eksperimental patologiya va terapiya instituti (maymunlar pitomnigi bilan birga), Suxumi botanika bogʻi, 3 teatr, D.I. Gulia adabiymemorial muzeyi, N. A. Lakoba uy-muzeyi bor.

Suxumi

gruzincha: სოხუმი
Shahar
43°00′12″N 41°00′55″E / 43.00333°N 41.01528°E / 43.00333; 41.01528
Mamlakat Gruziya
Viloyat Abxaziya
Munisipalitet Suxumi munisipaliteti
Maydon 27 km2 (10 kv mi)
Markazi balandligi 20 m
Aholisi
 (2020)
65 530
Vaqt mintaqasi UTC+3
Suxumi xaritada
Suxumi
Suxumi

Suxumi iqlimiybalneologik kurort. Yozi issiq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°), qishi iliq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi 6°); yillik yogʻin 1460 mm. Davolash vositalari: iqlimiy terapiya, dengizda choʻmilish, mineral suvlar (asosan, vannasiga tushiladi).

Suxumi Kavkaz va Qora dengiz boʻyidagi muhim turizm markazlaridan biri. Sanatoriy, dam olish uylari, pansionatlar, turbazalar bor.