Qudrat Suyunov (1919.6.2, Narpay tumanidagi Ingichka qishlogʻi — 1943.12.9, Chernigov viloyati Korop tumanidagi Obolonye qishlogʻi) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1941-yildan frontda. 109oʻqchi polki (Markaziy front 13armiya, 74oʻqchi diviziyasi) boʻlinma komandiri. Chernigov viloyatining Korop tumanidagi Obolonye kishlogʻi yaqinida Desna daryosining oʻng sohilida platsdarmni kengaytirish uchun boʻlgan jangda dushman ambrazurasini koʻkragi bilan toʻsib, qaxramonlarcha halok boʻlgan. 1943-yil 16 noyabrda Qahramon unvoni berilgan. Narpay tumanidagi 61maktabga nomi berilgan. Samarqand viloyatining Oqtosh shahri va u halok boʻlgan qishloqda qahramonning byusti oʻrnatilgan.[1]

Qudrat Suyunov
Tavalludi 1919-yil 6-fevral
Ingichka qishlog'i, Narpay tumani, Samarqand
Vafoti 1943-yil 12-sentyabr
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1939-1943
Unvoni
Lavozimi piyoda askar
Jang/urush ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Qudrat Suyunov 1919-yil 6-fevralda Ingichka qishlog‘ida (hozirgi O‘zbekiston Samarqand viloyati Narpay tumani) tug‘ilgan. Yoshligida otasi vafot etgan. Maktabning uch sinfini bitirgach, “Parij kommunasi” jamoa xo‘jaligida ishlagan. 1939-yilda Suyunov Ishchilar va dehqonlar Qizil Armiyasi safiga chaqirildi[2]. Ikkinchi jahon urushi janglarida qatnashgan.

1941-yili bo‘lgan janglarning birida oldingi safda borib, chap oyog‘idan yaralangan. Jangovar xizmati tufayli unga harbiy ta’til berilgan. Paxtakor  tumaniga qaytib o‘z ko'rgan-kechirganlarini so‘zlab bergan. Ta’tilni tugatib, yana harbiy qismga qaytib ketgan. Serjant Qudrat Suyunov 1943-yil sentabriga kelib Markaziy frontning 13-armiyasiga qarashli 74-piyoda diviziyasining 109-oʻq polkiga qoʻmondonlik qildi.

1943 yilning kuzida 109-polk Berlin tomon jangga otlangan. 1943-yil 12-sentyabrda Suyunov otryadi Ukraina SSR, Chernigov viloyati, Koropskiy tumani, Obolonye qishlog'i yaqinidagi Desnaning g'arbiy qirg'og'ida joylashgan ko'prigini kengaytirish bo'yicha janglarda qatnashgan[3]. Jangning hal qiluvchi pallasida Suyunovning shaxsan o‘zi oldinga siljishga to‘sqinlik qilayotgan dushmanning o‘t ochish nuqtasini yo‘q qildi, biroq o‘zi bu jarayonda halok bo‘ldi. Obolonda dafn etilgan.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 16-oktabrdagi farmoni bilan “Desna daryosidan o‘tishda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” serjant Qudrat Suyunov vafotidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni yuksak unvon bilan taqdirlangan. Qudrat Suyunovga vafotidan keyin Lenin ordeni berilgan.

Paxtachi tumanidagi maktabga Qudrat Suyunov nomi berilgan. Oqtosh, Ziyovuddin, Obolon shaharlarida byustlar o‘rnatildi[4].

Adib Zinnat Fatxullin Qudrat Suyunov to‘g‘risida o‘zbek tilida “So‘nmas hayot”, rus tilida “Bessmertie” qissalarini  yozgan[5].

Ommaviy madaniyatda tahrir

1969-yilda “O‘zbekfilm” kinostudiyasida u haqida “Quyosh bilan qayt” nomli badiiy film suratga olingan.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „КУДРАТ СУЮНОВ“. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
  3. „Суюнов Кудрат“. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
  4. „Кудрат Суюнов — Герой Советского Союза“. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
  5. „DOVRUG‘I DOSTON QAHRAMON“ (26/08/2023). Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.