Svanetiya tizmasi

Gruziyadagi tizma

Svanetiya tizmasi (gruzincha: სვანეთის ქედი) - Gruziyadagi togʻ tizmasi, Inguri va Sxenisskali daryolarining yuqori qismlari oraligʻida joylashgan. Uzunligi 85 km. Eng baland joyi 4008 m (Layla togʻi). Gilli slanetslar, qisman kvarsitlardan tarkib topgan. Pastki yon bagʻirlari dubqoraqayin oʻrmonlari. 2000 m balandlikdan boshlab alp oʻtloqlari bilan qoplangan. Muzliklar maydoni 30 km².[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil