Svarog
Svarog (qad.ruscha Svarog, Sovarog) — Ioaan Malala yilnomasining slavyancha tarjimasiga koʻra — temirchi xudo, Dajbogning otasi. Zamonaviy tadqiqotchilarning fikriga koʻra, Svarog Sharqiy slavyan xalqlarining oliy xudosi, samoviy olov[1] hisoblanadi. Garchi xalqlar unga „xudo“ sifatida ishonishgan boʻlsa-da, Svarog xudo emas, faqat olov ruhidir degan fikr ham bor. Baʼzi zamonaviy tadqiqotchilar Svarogni Svarojich bilan birlashtiradi[2].
Etimologiyasi
tahrirM.Vasmer Svarog teonimi praslavyancha *svara, *svar soʻzlari bilan uygʻunlashrtirilgan, buning natijasida bu nom „bahslashish, jazolash“ maʼnosini anglatgan. V. J. Mansikka, shuningdek, slavyanlardan olingan rumincha: sfarog — „quruq“ soʻzini ham eslatib oʻtadi[3].
Svarog teonimining qadimgi hindcha svarga „osmon, samoviy“ soʻzi bilan oʻxshashligi olimlar eʼtiborini tortib kelgan. Ushbu uygʻunlikka asoslanib, mazkur soʻzlarning oʻxshashligi va hatto Svarogning slavyan xudosi sifatidagi funktsiyalari haqida xulosa qilingan. O. N. Trubachev shimoliy Qora dengiz boʻyi mintaqasidagi hind-ariy tili substratining munozarali[4][5]nazariyasi doirasida bu teonim slavyanlar tomonidan Shimoliy Qora dengizdagi hind-ariylardan olingan va svarga „osmon, samoviy“[6] soʻzidan kelib chiqadi, deb taxmin qiladi. Italiyalik slavyanshunos M. Enrietti, shuningdek, Svarog teonimining hind-ariy tilidan slavyan tiliga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzlashtirilish imkoniyatini tan oladi[7]. L.S.Klein ham Svarog teonimi misolida hind-ariy gipotezasini qabul qilishdan boshqa muqobil variantni koʻrmaydi[8].
Manbalar
tahrirTadqiqotchilarning „Oʻtgan yillar haqidagi ertak“ga tayangan holda taʼkidlashlaricha, qadimgi rus panteonida, Svarogni qoʻlyozmalarda Svarogning oʻgʻli deb ataladigan Dajbog bilan yaqin aloqalar bogʻlagan: "…va Svarog xudosi va uning Quyosh nomli oʻgli, uni yana Dajbog deb chaqirishadi „[2]. [PSRL. T. 2. Ipatiyev yilnomasi. Birinchi nashr. Uchinchi nashr. Petrograd. 1923-yil, l. 104-104 rev. 1114-yil ostida, 274-276-boblar]. Ammo shuni taʼkidlash kerakki, solnomadagi bu boblar shunchaki Ioann Malalaning Vizantiya yilnomasidan afsonaviy Misr podshohlari haqidagi hikoyalar bilan birga shunchaki tarjima qilingan (II, 1): “Gefest vafotidan keyin uning oʻgʻli Helios hukmronlik qildi". Bunda yunon xudolarining nomlari Malala tomonidan qayta koʻrib chiqilgan va muallig yunon xudolari oʻrniga slavyan xudolari nomini yozgan. Oʻz navbatida Ptah va Ra ni Memfis ruhoniy ilohiyotiga oʻtkazadi, unda Ptah Raxdan ibtidoiy, yaʼni qadimgi boʻlgan[9].
Mulohazalar
tahrirN.I. Zubov slavyan mifologiyasida Svarog xudosi yoʻq, degan taxminni bildirgan. Shaxslashtirilgan olov, yaʼni Svarojichdan farqli oʻlaroq, Svarog nomi manbalarda faqat bir marta tilga olinadi. Ushbu yagona eslatmada „Svarojich“ nomi „Svarogning oʻgʻli“ deb notoʻgʻri talqin qilingan boʻlishi mumkin. Yilnomani koʻchirib yozuvchi bu afsonani yetarli darajada tarjima qilish uchun shunday oʻzgartirishga yoʻl qoʻygan boʻlishi ehtimol. Aslida, „Svarojich“ xudo nomini otasining ismi (patronim) deb hisoblash jiddiy sabab yoʻq. Bularning barchasiga asoslanib, N. I. Zubovning fikricha, Svarog nomi kotib tomonidan ixtiro qilingan[10]:
С точки зрения предложенного подхода, становится понятным тот факт, что Сварог упоминается в памятниках единственный раз: в реальном язычестве такого высшего бога, очевидно, не было.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Golubinskiy Ye. Ye. Istoriya Russkoy serkvi: V 2 t. M., 1997. T. 1. S. 839-840.
- ↑ 2,0 2,1 Иванов Вяч. Вс., Топоров В. Н. Svarog, Svarojich // Мифологический словарь/ Gl. red. Ye. M. Meletinskiy. — M.:Советская энциклопедия, 1990. — 672 s.
- ↑ Mansikka V. Y. Religiya vostochnix slavyan. M.: ИМЛИ им. А. М. Горького РАН, 2005. S. 297, so ssilkoy na Syrku v Журнал Министерства народного просвещения. 1887, CCLI, 2.
- ↑ Mayrhofer M. Indogermanische Chronik // Sprache. 1978. Bd. 24. N 2. S. 205.
- ↑ Grantovskiy E. A., Raevskiy D. S. Ob iranoyazichnom i „indoariyskom“ naselenii Severnogo Prichernomorya v antichnuyu epoxu // Etnogenez narodov Balkan i Severnogo Prichernomorya. Lingvistika, istoriya, arxeologiya. M., 1984.
- ↑ Trubachyov O. N. Indoarica v Severnom Prichernomore. M.: Nauka, 1999. S. 280; Yego je. Etnogenez i kultura drevneyshix slavyan. M.: Nauka, 2003. S. 198.
- ↑ Enrietti M. 1980. Slavo Svarogu. — D’Amella A. (dir.). Studii in onore di Ettore Lo Gatto. Roma, Bulzoni.
- ↑ Kleyn L. S. Voskreshenie Peruna. K rekonstruksii vostochnoslavyanskogo yazichestva. SPb.: Yevraziya, 2004. S. 239—240.
- ↑ Ioann Malala. Xronografiya. II.1
- ↑ Zubov N. I. Nauchnie fantomi slavyanskogo Olimpa // Живая старина. — 1995. — № 3 (7). — S. 46—48.
Havolalar
tahrir- Svarog // Mifologik lugʻat / Ch. ed. E. M. Meletinskiy. — M.: Sovet Entsiklopediyasi, 1990. — 672 p.
- O. Tvorogov DA. 11-16-asrlar qadimgi rus adabiyotida qadimiy afsonalar. // Qadimgi rus adabiyoti kafedrasi materiallari. 1979. V. 33. S. 3-31.
- Jon Malala tarjimasida slavyan qoʻshimchalari va mif yaratish
[Turkum:olov xudolari]]