Lev Naumovich Sverdlin (1901.16.11, Astraxon — 1969.29.8, Moskva) — Xalq artisti (1954). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1944). 1921-yil Turkiston Siyosiy boshqarmasi qoshidagi teatr studiyadan Sverdlin Moskvaga oʻqishga joʻnatilgan. Oʻqishni tugatgach (1926), 1937-yilgacha Meyerxold, 1937—40 yillar Vaxtangov teatrlarida, Moskva drama teatri, 1954—67 yillar V. Mayakovskiy nomidagi teatrda ishlagan. Sverdlin oʻzbek professional aktyorlarining birinchi muallimlaridan. U 1924—30 yillar Moskvada birinchi va ikkinchi oʻzbek drama studiyalarida dars bergan ("Qorovul uyqusi", "Yorqinoy" spektakllarini sahnalashtirgan). Tixon ("Momaqaldiroq"), Poloniy ("Hamlet"), Xlebnikov ("Nomus qonuni"), Melodi ("Shoir qalbi") va boshqa sahnada yaratgan eng yaxshi rollaridan, "Moskvadan yiroqda" (Zalkind), "Moviy dengiz yonida" (Yusuf), "Toqqa qochgan Alitet" (Alitet), "Yoʻl" (Beimbetov) kabi filmlarda suratga tushgan. Toshkentda onasi yashagani tufayli u Oʻzbekistonga teztez kelib turgan va milliy kinomizning shakllanishiga munosib hissa qoʻshgan. 1943-yil Sverdlin "Nasrnddin Buxoroda" filmida Xoʻja Nasriddin obrazini yaratgan. Shuningdek, Toshkent kinostudiyasida yaratilgan "Uning ismi SuxeBator" ("Mongolkino", 1942) filmida ham SuxeBator rolini oʻynagan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil