Svetlana Viktorovna Babanina (1943.4.2, Tambov viloyati) – suvda suzish boʻyicha jahon rekordchisi, xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1964). 1954-yildan Oʻzbekistonda yashaydi. Uch marta mamlakat chempionligi oltin medali bilan taqdirlangan (1962, 1963, 1964). Spartakiada gʻolibi (1963). Jahon universiadasining ikki oltin, ikki kumush va bir bronza medaliga sazovor boʻlgan (1965, Vengriya). 4x100 m estafeta suzishida Yevropa chempioni (1966). Tokio olimpiadasida ikki marta bronza medali bilan mukofotlangan (1964). 100 m ga brass usulida suzish boʻyicha ikki marta jahon rekordini oʻrnatgan (1964, 1965). 1995 y dan respublika olimpiada rezervlari bilim yurtining murabbiysi.[1]

Svetlana Babanina

ManbalarTahrirlash

  1. "Babanina Svetlana Viktorovna" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil