Svetlana Vladimirovna Munkova (turmushga chiqquncha — Ruban) (1965-yil 23-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — o‘zbekistonlik yengil atletikachisi, balandlikka sakrash bo‘yicha ishtirok etgan. 1994-yilgi yozgi Osiyo o‘yinlari chempioni, 1993-yilgi Osiyo chempionati kumush medali sovrindori. 1996-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.

Svetlana Munkova
Shaxsiy ma'lumotlar
Millati  SSSR
 Oʻzbekiston
Tug'ilishi 1965-yil 23-may[1] (57 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Balandligi Andoza:Infobox shaxs/balandligi
o'g'irligi 59 kg (130 lb)
Sport
Sport Yengil atletika
Medallari va yutuqlari
Osiyo chempionati
Kumush Manila 1993 balandli
Osiyo o'yinlari
Oltin Xirosima 1994 balandli

Tarjimai holi tahrir

Svetlana Munkova 1965-yil 23-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Xalqaro yengil atletika musobaqalarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan.

Svetlana 1993-yilda Maniladagi Osiyo chempionatida 1,92 metr natija qayd etib, urinishlar soni bo‘yicha g‘olib — qozogʻistonlik Svetlana Zalevskayaga imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo‘ladi.

1994-yilda Xirosimadagi yozgi Osiyo o‘yinlarida 1,92 metrga sakrab, 3 santimetr yo‘qotgan Zalevskayadan revansh olib, oltin medalni qo‘lga kiritadi.  

1995-yilda Barselonadagi yopiq inshootlardagi jahon chempionatida u 23-26-o‘rinlarni bo‘lishib, 1,80 metr natija bilan finalga chiqa olmadi. Gyoteburgdagi jahon chempionatida u yana o‘zining saralash guruhida 1,85 metr natija bilan 15-16-o‘rinlarni olib, finalga o‘ta olmadi.  

1996 yili Atlantadagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. Saralash bosqichida u birinchi urinishda 1,75 metrga sakradi, uchinchi urinishda 1,80 metr masofani bosib o‘tadi, lekin 1,85 metrga to‘siqdan o‘ta olmadi va natijada 28-o‘rinni egalladi va ukrainalik Inga Babakovaga 13 santimetrni boy berib mag‘lub bo‘ladi[2].

Munkova ayni vaqtda Samarada istiqomat qiladi va suzish boʻyicha murabbiy hisoblanadi[3].

Shaxsiy yozuvlari tahrir

  • Balandlikka sakrash — 1,94 (1988-yil 17-may, Olma-Ota)[4]
  • Balandlikka sakrash (yopiq) — 1,80 (1995-yil 10-mart, Barselona)[4]

Manbalar tahrir

  1. Svetlana Munkova // Mirovaya lyogkaya atletika — 1912.
  2. „Olympedia – High Jump, Women“. www.olympedia.org. Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  3. Spisok sportivnix seksiy SB „Chernoreche“ | SB Chernoreche (filial TsSKA-Samara) | VKontakte. m.vk.com. Data obraщeniya: 2 sentyabrya 2020.
  4. 4,0 4,1 Svetlana MUNKOVA | Profile. www.worldathletics.org. Data obraщeniya: 2 sentyabrya 2020.