Ortiqova Svetlana Boymirzayevna — Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurori oʻrinbosari[1][2].

Svetlana Boymirzayevna Ortiqova
Светлана Боймирзаевна Ортиқова
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-yanvar 1962-yil (1962-01-01) (62 yosh)
Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Unvoni Adliya katta maslahatchisi

Biografiyasi

tahrir

1962-yil 1-yanvarda Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan.

1987-yilda Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetini tamomlagan.

1980-1988 — Uchqoʻrgʻon tumani prokuraturasi inspektori.

1988-1990 — Namangan shahri prokurorining yordamchisi.

1990-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi umumiy nazorat boʻlimi prokurori.

1996-1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huquqiy targʻibot boʻlimi katta prokurori, boʻlim boshligʻi.

1999-2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonunchilik va huquqiy targʻibot boshqarmasi boshligʻi.

2014-2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasining raisi.

2010-2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi.

2015-2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining oʻrinbosari.

2014-2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari.

2019-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari[3]

Manbalar

tahrir
  1. Senat aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisida[sayt ishlamaydi]
  2. Senat aʼzosi, 2019-11-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-11-07
  3. Svetlana Ortiqova Oʻzbekiston bosh prokurori oʻrinbosari etib tayinlandi