Svetofor
Svetofor (rus. svet — yorugʻlik va yun. phoros — eltuvchi) — yorugʻlik signali beradigan elektr qurilma. Piyodalar va transport vositalarining koʻchada, yoʻlda va temir yoʻldan oʻtish joylaridagi harakatini hamda temir yoʻl tarkibi qatnovini tartibga solib turish uchun ishlatiladi. Semafor tarzida S. birinchi marta 1868-yil Londonda oʻrnatilgan. Qoʻlda boshkariladigan birinchi elektr S. 20-asr boshida AQSH da paydo boʻlgan (unda faqat yashil va kizil chiroklar boʻlgan). Dastlabki 3 rangli (yashil, sariq va qizil) S. 1918-yil NyuYorkda, 1930-yil Moskvada ishlatilgan. Sdan temir yoʻlda foydalanish 20-asrboshlarida rayem boʻlgan. S.larni oʻrnatish va ulardan foydalanish qoidalari Venada 1968-yil qabul qilingan "Yoʻl belgilari va signallari haqida konvensiya" va bu konvensiyani toʻddiruvchi Yevropa kelishuvi (1971, Jeneva) talablariga koʻra belgilab qoʻyilgan. Oʻzbekistonda 2001-yil xalqaro meʼyorlar asosida ishlab chiqilgan "Yoʻl harakati qoidalari"ga rioya qilinadi (qarang Yoʻl belgilari).
S.ning 1, 2 va 3 seksiyali hamda qoʻshimcha seksiyali xillari bor. Bir seksiyali S.da faqat bir xil — sariq yoki qizil chiroq yonadi. Sarigʻi oʻchibyonib, haydovchilarni ogohlantirib turadi. Agar transport vositasini toʻxtatish lozim boʻlsa (mas, temir yoʻldan oʻtish joylarida, oʻt oʻchirish avtomobillari chiqadigan joylarda va hokazo), qizil chiroq yonadi. Ikki seksiyali S.da 2 xil — yashil va kizil chirok yonadi. Asosan, shaharlarda temir yoʻldan oʻtish joylariga oʻrnatiladi. U ch seksiyali S.da uch xil — yashil, sarik va qizil chiroq yonadi. Tik va yotiq joylashgan xillari bor. Asosan, yoʻl (koʻcha) chorrahalariga oʻrnatiladi.
Yashil chiroq yonganda relssiz transport vositalari barcha yoʻnalishlarda, tramvay esa toʻgʻriga va chapga harakatlanishi mumkin. Qizil chiroq yonganda barcha transport vositalarining harakati toʻxtaydi, tramvay esa oʻngga burilishi mumkin. Sariq chiroq yonganda chorrahaga yaqinlashayotgan transport vositalari toʻxtaydi, chorrahaga kirganlari chorrahani boʻshatadi, signal oʻzgarishini kutib turganlari harakatlanishga tayyorlanadi. Oʻchibyonib turadigan sariq chiroq haydovchilarni ogohlantiradi.
Qoʻshimcha seksiyali S. chapga burilishni, oʻngga burilishni, ikkala tomonga burilishni va 3 tomonli chorrahalarda toʻgʻriga harakatlanishni koʻrsatadi. Bunday S.lar serharakat chorrahalarga oʻrnatiladi. Qoʻshimcha seksiyadagi "strelka" signali yonganda (S.dagi qaysi asosiy chiroq yonganidan qatʼiy nazar) transport yongan strelka yoʻnalishida harakatlanishi mumkin.
S.lar chorraha chetiga, oʻrtasiga osib qoʻyilishi, maxsus ustunga yoki bino devoriga oʻrnatilishi mumkin. Ular, asosan, avtomatik tarzda yonib oʻchadi. Shu maqsadda EHM dan ham foydalaniladi. Harakatni avtomatik boshkarishning uygʻunlashtirilgan tizimi borgan sari kengroq qoʻllanilmoqda. Bunda, mas, bir yoʻnalishda oʻrnatilgan S.lardan birining yashil chirogʻida oʻtgan transport maʼlum tezlikda (mas, 45 km/soat) harakatlansa, navbatdagi S.ning ham yashil chirogʻiga toʻgʻri keladi va hokazo. Qanday tezlikda harakatlanish kerakligi haqidagi belgi har qaysi S. yaqiniga osib qoʻyiladi. Bunday tizim "yashil toʻlqin" deb ataladi. Sdan sanoatda dispetcherlik (boshqarish) da ham foydalaniladi.
Transport yoʻli svetofori stansiyalar va oʻtish joylariga oʻrnatilib, temir yoʻl tarkibining harakatini tartibga soladi va uning tezligini belgilaydi. Bunday S.da yashil, kizil, koʻk, sariq va sutrangoq chiroklar boʻladi. Transport yoʻlining avtomatik yoki yarim avtomatik blokirovka bilan taʼminlangan bir qismini boshqaradi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |