Syunik podsholigi
Syunik podsholigi - Armanistonning jan.sharqiy qismida mavjud boʻlgan davlat (10-asrning 2-yarmi — 12-asrlar). Asoschisi — Smbat; 970 y. podshoh deb eʼlon kilingan. 11-asrning 1yar mida Vasak I va Smbat II davrida ravnaq topgan. Syunik togʻ oʻlkasida 43 qalʼa, 48 monastir va 1000 dan ziyod qishloqboʻlgan. Aholining asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik va chorvachilik. Syunik podsholigi 1170 y. saljuqiylar tomonidan bosib olingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |