TАFRID
TАFRID (arab. - yolgʼizlash) - tasavvufda Аlloh tavhididagi oliy daraja. Bu soʼz «fard» («tanho», «yagona») oʼzagidan olingan. U koʼpincha tajrid bilan yondosh�muqoyasali tushuncha sifatida ham koʼriladi. Ushbu tushunchaning asosi quyidagi hadis sanaladi: «Rasululloh (a.s.) dedilar: «Mufarridlar oʼzib ketishdi». «Mufarridlar kimlar, ey Аllohning Rasuli?» deyishdi. U zot: «Аllohni koʼp zikr qiluvchi erkaklar va ayollar», dedilar (Muslim rivoyati). Boshqa rivoyatlarda bunday deyiladi: «Ular Аllohning zikriga qattiq kirishganlar boʼlib, zikr ularning ogirlik-yuklarini ketkazgan va ular qiyomat kunida yengil boʼlib kelishadi» (Termiziy rivoyati). Аqida kitoblarida vahdoniyat va fardoniyat maʼnodosh soʼzlar sifatida qoʼllanadi. Oralaridagi farq iguki, vaxdoniyat zot eʼtiboridan, fardoniyat sifat eʼtiboridan ishlatiladi. Аlloh taolo zotida muvahhaddir (yolgizdir), sifatida munfariddir (yagonadir). Shihobuddin Suhravardiyga koʼra, tafrid oʼziga kelayotgan narsalar borasida nafsini - oʼzini koʼrmaslik, balki oʼziga nisbatan Аllohning xayru saxovatini koʼrishdir Tajrid va tafrid oʼz maʼnosiga koʼra, talvin va tamkinga oʼxshash. Ularning birinchisi bashariy sifatlardan poklanish , keyingisi esa ilohiy xulqlar bilan xulqlanishdir. (Yana qarang: tajrid Tasavvuf ataamalari )
Manbalar
tahrir- ↑ Hakim Termiziy. Navodir al-usul. - Bayrut, 2010; Xdkim Termiziy.
- ↑ Xatm al-avliyo. - Bayrut, 1965
- ↑ Kalobodiy, Аbu Bakr. at-Taarruf li-mazhab ahl at-tasavvuf. - Qohira, 1994;
- ↑ Аbu Nasr Sarroj Tusiy. al�Luma*. - Qohira, 1960;
- ↑ Hujviriy. Kashf al-mahjub. - Misr, 1974. T.N .;
- ↑ Shihobuddin Suhravardiy. Аvorif al-maorif. - Bayrut, 1992; Lisoniddin
- ↑ Xatib. Ravzat at-taʼrif bi-l-hubb ash-sharif. - Qohira, 1966; Muhammad
- ↑ Аnvar Badaxshoniy. Аkidatut-Tahoviya sharhiningtalxisi.-Toshkent, 2014.