Tabasko qalampiri
Tabasko qalampiri - Meksikadan kelib chiqqan chili qalampiri Capsicum frutescensning navi. Bu nav eng yaxshi Tabasko sousi va qalampirli sirkada ishlatilishi bilan mashhur[1].
Barcha C. frutescens navlari singari, tabasko o'simligi ham odatda buta ko‘rinishida o‘sadi. Mevalarning uzunligi, taxminan 4 sm, rangi dastlab och sarg'ish-yashil, pishib yetilganda sariq va to'q sariq rangda bo‘ladi. Tabaskolarning achchiqligi Skovil shkalasi bo'yicha 30 000 dan 50 000 gacha[2][3]. Mevalari "suvli", bo‘lib bu nav quruq chili qalampirining yagona navi.
1960-yillarda tabasko qalampirining katta qismi tamaki mozaikasi virusi qurboniga aylandi. Birinchi chidamli nav ( Greenleaf tabasco ) taxminan 1970-yilda yetishtirilgan[4].
Nomlash
tahrirQalampirlar Meksikaning Tabasko shtati sharafiga nomlangan.
Kultivatsiya
tahrirTabasko qalampiri unib chiqqandan keyin, mevalari to‘liq pishib yetilishi uchun taxminan 80 kun kerak bo'ladi. Tabasko o'simligining bo‘yi 1.5 m (60 in) gacha o'sishi mumkin[5]. Urug'lar unib chiqishi va harorat 25–30 °C (77–86 °F) ° C oralig'idagi issiqlikni talab qilinadi. Agar harorat juda issiq yoki juda sovuq bo'lsa tungi harorat 15 °C (60 °F) dan pastga tushsa, meva hosili kamayishi mumkin[6].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Tabasco Sauce History and Lore thespruceeats.com. Retrieved 31 August 2021
- ↑ „HOT PEPPER HEAT SCALE“. Bonnie Plants. Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
- ↑ McGee, Harold. On Food and Cooking: The Science and Lore of the Kitchen. by Simon and Schuster, 2004 — 421-bet. ISBN 0-684-80001-2.
- ↑ Andrews, Jean. The Pepper Lady's Pocket Pepper Primer. University of Texas Press, 1998 — 151-bet. ISBN 0-292-70483-6.
- ↑ „Growing tabasco peppers“.
- ↑ „Tips growing tabasco peppers“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.