Tafakkur gulshani
„Tafakkur gulshani“, toʻliq nomi „Tafakkur gulshani: Vatandosh hamda xorijiy allomalarning aforizmlari va hikmatli soʻzlari“ (ruscha: Симфония разума: Афоризмы и изречения отечественных и зарубежных авторов) – taniqli yozuvchi va olimlarning hikmatli soʻzlari toʻplami. Toʻplamni rus siyosatchisi hamda adabiyotshunosi Vladimir Voronsov tuzgan. Ilk bor 1976-yil Moskva shahrida „Molodaya gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Bir necha marta qayta nashr qilingan.
Asl nomi | Симфония разума: Афоризмы и изречения отечественных и зарубежных авторов |
---|---|
Muallif(lar) | Vladimir Voronsov (tuzuvchi) |
Tarjimon(lar) | Sharifa Abdurazzoqova |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | hikmatli soʻzlar |
Nashr etilgan sanasi | 1976 |
Nashriyot | „Molodaya gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1981 |
Sahifalar soni | 624 |
Asar bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Toʻplamdan ruscha va oʻzbekcha koʻplab manbada, jumladan, kitob va ilmiy maqolalarda iqtibos keltirilgan. Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin toʻplamga kiritilgan 6 415 hikmatli soʻzning bor-yoʻgʻi 163 tasi, yoki 2,5 foizi sharq donishmandlariga tegishli ekanligi tanqidga uchragan[1][2].
Oʻzbekcha tarjimasi
tahrirToʻplamni oʻzbek tiliga Sharifa Abdurazzoqova tarjima qilgan[3]. Oʻzbekcha nashr ilk bor 1981-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha tarjimaga oʻzbek xalq yozuvchisi va akademik Komil Yashin muharrirlik qilgan. 1989-yil qayta nashr qilingan.
„Tafakkur gulshani“ oʻzbek tilidagi eng keng tanilgan va eng keng qoʻllanadigan iqtiboslar toʻplamidir[1]. Huquq faoli Moʻtabar Tojiboyeva Oʻzbekistonda hibsga olinganida hujjatlari bilan bir qatorda „Tafakkur gulshani“ asari nusxasini oʻzi bilgan olganini taʼkidlagan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Турсун, Аҳмад Муҳаммад. Шарқ донишмандлари ҳикматлари. Toshkent: Шарқ, 2006 — 4-5-bet.
- ↑ Набиеа, Ҳамидхон. Қадриятларимиз бўстони: Маънавий-маърифий мушоҳадалар. Namangan: Наманган, 2004. Qaraldi: 26-dekabr 2024-yil.
- ↑ „Бадиий адабиёт. Фольклор“ (PDF). Ўзбекистон ССР матбуоти солномаси. № 10. Toshkent. 1981. 31-bet. Qaraldi: 26-dekabr 2024-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Қийноқлар ороли асираси. Хибснинг биринчи кунидаги психотроп муолажа қилишга харакат (16+)“. Ўтюраклар клуби (28-fevral 2016-yil). Qaraldi: 26-dekabr 2024-yil.