Tahnik
Tahnik (تَحْنِيكِ) - islomda yangi tugʻilgan chaqaloqning ogʻziga asal, shirinlik yoki siqilgan xurmo tegizish marosimi[1][2]. Odatda xurmo taqvodor kishi tomonidan chaynash orqali yumshatilib, chaqaloqning tanglayiga surtiladi[3]. Arabcha hanak (حنك) soʻzi, (koplik shakli aḥnāk (احناك)), tanglay degan ma’noni bildiradi, taḥnīk soʻzi shundan olingan[4].
Muhammad alayhissalom davrlarida musulmonlar yangi tugʻilgan chaqaloqlarini tahnik qilishlari uchun u zotning huzuriga olib kelardilar[5][6].
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ey Anas, onangning oldiga borib: “Oʻgʻlingning kindigini kesganingdan keyin unga hech narsa tatitmay turib, menga yubor”, – dedilar”, degin” – dedilar. U (onam) bolani ikki qoʻlimga qoʻydi. Men uni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keltirib qoʻydim. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Menga uchta Ajva xurmosi keltir”, – dedilar. Men keltirdim. U zot ularning danagini olib tashlab, ogʻizlariga solib, chaynadilar va bolaning ogʻzini ochib, soldilar, bola tamshana boshladi. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Ansoriy-da, xurmoni yaxshi koʻradi!” – dedilar. Soʻngra: “Onangga borib, “Alloh senga bundan baraka bersin va uni yaxshi hamda taqvodor qilsin”, – deb ayt”, – dedilar”[7].
Tahnik ogʻiz mushaklarini mashq qildiradi va ogʻizda qon aylanishiga yordam beradi, bu esa, chaqaloqning ona sutini soʻrishi va qabul qilishiga yordam beradi. Tahnik yangi tugʻilgan chaqaloqlarda neonatal gipoglikemiyaning oldini olishda ham muhim hisoblanadi[8].
Manbalar
tahrir- ↑ World faiths, Teach yourself - Islam. By Ruqaiyyah Maqsood. ISBN 0-340-60901-X. Page 173.
- ↑ „AQIQAH - Islamic Services“. 2009-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-mart.
- ↑ Sahih Muslim, Bk25; number 5339: Kitab al-Adab
- ↑ Hans Wehr Dictionary
- ↑ „Duties toward your children“. 2010-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-mart.
- ↑ „Darul Ghufran Mosque » Tahnik“. 2010-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-mart.
- ↑ Kitab al-Adab (Book of Etiquette) Ḥadīth 5340 (Book 39; Ḥadīth 5736)
- ↑ „Effect of Tahneek on Hypoglycemia in Newborn Infants - Full Text View - ClinicalTrials.gov“ (inglizcha). clinicaltrials.gov. Qaraldi: 7-aprel 2020-yil.