Takiye (ozarbayjoncha: Təkiyə) XIII asrda tegishli tarixiy yodgorliklardan biri. Icheri-sheher bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahrida, Gazi Muhammad koʻchasida joylashgan.

Tarixi

tahrir

Takiye yodgorligi XIII asrda qurilgan. Bino mahalla ichida qurilgan boʻlib[1], masjiddan maʼlum muddat oʻrta maktab sifatida ham foydalanilgan[2]. 1967-yilda Takiye atrofida arxeologik qazishmalar oʻtkazilgan, 1970-yillarda esa masjid qayta tiklangan[1][3].

Darveshlar maʼnaviy poklanish maqsadida bu yerda shaxsiy va ommaviy diniy marosimlarni ado etganlar. Xobaqohlar sayohatchi uchun boshpana vazifasini ham bajargan[4].

Arxitekturasi

tahrir

Takiye yodgorligi kvadrat shaklda qurilgan boʻlib, faqatgina bir xonadan iborat. Uning jabhasi Qiz minorasi tomonga qarab turadi. Bino arxitekturasi noodatiy tuzilishga ega, shuningdek, pogʻonali gumbaz bilan qoplanishi yodgorlik ichki koʻrinishining oʻziga xosligini taʼminlaydi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „TƏKİYƏ“ (az). icherisheher.gov.az. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  2. „Təkiyə“ (az). www.icherisheher.az. 2018-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  3. „Təkiyə (dərvişlərin ibadət etdiyi yer)“ (az). kataloq.gomap.az. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  4. „Təkiyə“ (az). www.icherisheher.az. 2018-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.„Təkiyə“ (Wayback Machine saytida 2018-06-30 sanasida arxivlangan) (in Azerbaijani). www.icherisheher.az. Retrieved 6 April 2018.