Taksila
Taksila (yun. Taxila, qad. hindcha Takxasila yoxud Takshashila) — qadimda Hindiston yarim orolning shim,gʻarbidagi shahar (hozirgi Pokistonning Ravalpindi shahridan 35 km narida), Gandxara davlati poytaxti. Mil. av. 3—2-asrlardaT. Mauriyalar imperiyasi shim,gʻarbiy qismining maʼmuriy markazi boʻlgan. T.ning eng qad. arxeologik qatlami mil. av. 6-asrga oid. T. savdo va hunarmandchilikning yirik markazi, xind, ellin, Eron va Oʻrta Osiyo madaniyatlari mujassam boʻlgan shahar edi. U shuningdek, qad. hind fani va maorifi markazi sifatida ham mashhur. T. 5-asr ning 2yarmida eftaliylar bosqinida qattiq shikastlangan, Aholi shaharni tashlab keta boshlagan va 7-asrga kelib tashlandiq gʻolga kelgan. 1913-yildan boshlab olib borilayotgan arxeologik qazish ishlari qad. hind jamiyatining turli jabhalarini oʻrganishga doir qimmatli materiallar berdi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |