Talabalar koʻchasi — Olmazor tumanining „Ziyo“ va „Universitet“ mahallalari hududida joylashgan. Kichik halqa yoʻli va Muhbir koʻchasi oraligʻida hisoblanadi. Uzunligi 1km atrofida.

Binolar

tahrir

Koʻchaning yoʻnalishi boʻylab „Yoshlik“ talabalar shaharchasi va hokimiyati, O'zbekiston milliy universiteti, Toshkent texnika universiteti va Toshkent yuridik institutining talabalar turar joylari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, „Akmal Ziyo“ oʻquv markazi, „Fudziyama“ kafesi, Madaniyat kasb-hunar kolleji, avtomaktab, boshbekat, „doʻkanon“, maishiy xizmat uyi, kiyimlarni kimyoviy tozalash korxonasi, atele, bozorcha, mebel doʻkoni, Sihat-salomatlik institutining Toshkent viloyati boʻlimi, „Sport-moto“ korxonasi, savdo, umumiy ovqatlanish, yonilgʻi quyish shaxobchalari, shaxsiy turar joy binolari, tashqi reklama vositalari va turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Universitet, Kamarniso, Qoraqamish va Ziyo koʻchalari bilan tutashgan 2007-yil[1]. Toshkent shahrida Oʻzbekiston talaba yoshlarining „Universiada“ sport musobaqalari oʻtkazilishi munosabati bilan koʻchada keng qamrovli taʼmirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Jamoat transporti vositalari harakati keng yoʻlga qoʻyilgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.