Tamar Chugoshvili
Tamar Chugoshvili (gruzincha: თამარ ჩუგოშვილი; 11-avgust 1984-yilda tugʻilgan) — gruziyalik siyosatchi, 2016-yil noyabridan esa Gruziya parlamentining birinchi vitse-spikeri. U „Gruziya orzusi — Demokratik Gruziya“ partiyasining tashqi ishlar kotibi hamda siyosiy kengashi aʼzosi hisoblanadi.[1]
Tamar Chugoshvili | |
---|---|
Gruziya parlamentining birinchi vitse-spikeri | |
Mansab davri 2016-yil 18-noyabr – 2019-yil 18-noyabrgacha | |
Prezident |
Giorgi Margvelashvili Salome Zourabichvili |
Vorisi | Gia Volski |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
11-avgust 1984-yil Gurjaani, Gruziya SSR |
Fuqaroligi | Gruziya |
Taʼlimi
tahrir2006-yilda Chugoshvili Ivane Javakhishvili nomidagi Tbilisi davlat universitetida huquqshunoslik boʻyicha magistr darajasini oldi. 2014-2015-yillarda u Harvard universitetining Kennedy nomidagi maktabda tahsil olgan.
Shuningdek, u bir qator stipendiyalar va maxsus kurslarda qatnashgan, bularga quyidagilarni kiritish mumkin: Ayollarning siyosatdagi ishtiroki, „Harvard maydonidan Oval ofisgacha“ (2014-yil oktyabr — 2015-yil may) va hokazo.
Ish faoliyati
tahrir2010-yildan 2012-yilgacha Chugoshvili Gruziya yosh huquqshunoslar assotsiatsiyasining raisi vazifasini bajargan. Xuddi shu yilda, u 32 ta nodavlat notijorat tashkilotlaridan tashkil topgan Mustaqil va shaffof sud hokimiyati koalitsiyasining raisi hamda dan oshiq nodavlat tashkilotlardan tashkil topgan Fuqarolik jamiyati milliy platformasi boshqaruv kengashining aʼzosi edi.
2013-2014-yillarda Chugoshvili Gruziya Bosh vazirining inson huquqlari va gender tengligi masalalari boʻyicha yordamchisi vazifasini oʻtadi. Xuddi shu yilida u Yevropa Ittifoqining Gruziyadagi huquqiy va konstitutsiyaviy islohotlar va inson huquqlari boʻyicha maxsus vakili Thomas Hammarberg uchun koordinator sifatida xizmat qildi.
Chugoshvili Gruziya inson huquqlari siyosati, inson huquqlari strategiyasi va harakatlar rejasiga doir ilk hujjat muallifi ham hisoblanadi. 2016-yildan buyon Chugoshvili „Gruziya orzusi — Demokratik Gruziya“ partiyasining tashqi ishlar kotibi. U 2016-yil noyabr oyida Gruziya parlamentining aʼzosi va birinchi vitse-spikeri etib saylandi hamda shu vaqtdan buyon parlamentning gender tenglik kengashi raisi, parlamentdagi Amerika Qoʻshma Shatlari va Isroilning parlamentdagi fraksiyalari raisi,[2] gʻaznachilar kengashining raisi, Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasidagi doimiy parlament delegatsiyasi rahbari, EKPA Sotsialistlar, Demokratlar va Yashillar guruhi raisining oʻrinbosari va Ayollar global siyosiy liderlar forumining elchisi boʻlib ham faoliyat yuritgan.[3]
Eʼtirof etilishi
tahrirTransparency International Georgia — Chugoshvili Gruziyada gender tengligini yaxshilash yoʻllariga qoʻshgan ulkan hissasi uchun 2018-yilda Transparency International Georgia tomonidan eʼtirof etildi.[4]
USAID — Chugoshvili 2019-yil mart oyida „Amerika Qoʻshma Shtatlari xalqaro taraqqiyot agentligi“ (inglizcha: United States Agency for International Development; USAID) tomonidan Gruziyada gender tengligini yaxshilash tashabbuslariga qoʻshgan ulkan hissasi uchun faxriy yorliqqa sazovor boʻldi.[5]
Manbalar
tahrir- ↑ Georgian Biographical Dictionary
- ↑ Parliament SS 2019
- ↑ The First Deputy Chairperson of the Parliament of Georgia — Biography
- ↑ Efficiency of the Parliamentary activity further increasing
- ↑ The Certificate of Recognition awarded to Tamar Chugoshvili for her outstanding contribution in gender equality