Tamara Drasin (1905 – 1943-yil 22-fevral) – Tamara nomi bilan tanilgan, qoʻshiqchi va aktrisa boʻlib, 1933-yilda Brodveydagi „Roberta“ musiqiy filmida „Smoke Gets in Your Eyes“[1] qoʻshigʻini taqdim etgan.

Tamara
Tavalludi 1905-yil
Vafoti 1943-yil 22-fevral (37 yoshda)
Lissabon, Portugaliya
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi
Kasbi Aktyor, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 1927–1943

Tamara Drasin baʼzan 1930-yillar musiqiy davrining boshqa ikki ijrochisi, raqqosa Tamara Geva va Tamara Toumanova bilan adashtiriladi.

Hayoti

tahrir

Drasin taxminan 1905-yilda Poltava gubernatorligidagi Sorochintsï qishlogʻida (hozirgi Ukraina) tugʻilgan edi. U Hinda „Eda“ va tikuvchi Boris Drasinning qizi edi. Tamara Drasining oilasi 1922-yilda AQShga koʻchib oʻtdi[2].

Sahnadagi faoliyati

tahrir

Drasin oʻzining qop-qora, ekzotik koʻrinishi va jarangdor vokal uslubi bilan 1930-yillar musiqiy filmlardagi yevropalik qahramonlar uchun ideal rol ijro etuvchi aktyorlar tarkibida edi. Tamara Drasin „Free for All“ filmida Marishka Tarasovni; „Rus zodagonlari malikasi Stefani“ filmida Roberta rolini va „Right This Way“ and „Leave It to Me!“ filmida u fransuz ayollarini gavdalantirdi. Umumiy hisobda, Tamara Drasin 1927-yildan 1938-yilgacha boʻlgan vaqtda jami yettita musiqiy filmda suratga tushgan.

Musiqiy faoliyati

tahrir

Tamara Drasin „Smoke Gets in Your Eyes“ va „The Touch of Your Hand“ balladasidan tashqari, u yana uchta musiqiy albomini taqdim etdi: „I Can Dream, Canʼt I?“, „I’ll Be Seeing You“ va in Leave It to Me asaridagi „Get Out of Town“ musiqalari edi.

Vafoti va merosi

tahrir

Tamara Drasin Ikkinchi Jahon urushining bosh madhiyalaridan biriga yangrayotgan vaqtlarning birida yaʼni, 1943-yil 22-fevral kuni Portugaliyaning Lissabon shahri yaqinida Birlashgan Xizmat Tashkilotlari samolyoti halokatida vafot etadi[3][4].

Drasinning tarixi qisman Jane Fromanning „With a Song in My Heart (oʻzbekcha: Qalbimdagi qo‘shiq bilan)“ (1952) filmida hikoya qilingan[5].

Jeyn Froman oʻsha samolyot halokatida jiddiy jarohat oldi va keyinchalik u Drasinga oʻsha samolyotdagi oʻz joyini berganini aytadi[5] Froman suffered serious injuries in the same plane crash[4][5] va bu voqea Jeyn Froman umrining oxirigacha yodida qolgan edi[6].

Manbalar

tahrir
  1. „Jazz Standards Songs and Instrumentals (Smoke Gets in Your Eyes)“. www.jazzstandards.com. Qaraldi: 2018-yil 30-yanvar.
  2. „Guide to the Drasin Family Papers, 1900-1999“.
  3. Ranter, Harro „ASN Aircraft accident Boeing 314A NC18603 Lisboa“. aviation-safety.net. Qaraldi: 2018-yil 30-yanvar.
  4. 4,0 4,1 „Famous people who died in aviation accidents“. planecrashinfo.com. Qaraldi: 2018-yil 30-yanvar.
  5. 5,0 5,1 5,2 Tamara Drasin @ JazzStandards.com as retrieved December 31, 2006“. 2006-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-yanvar.
  6. Holding the High Notes: The Life of Jane Froman [DVD]. 20th Century Fox.

Havolalar

tahrir