Tamara Danilovna Perederiyenko (1916-yil, Toshkent shahri, hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi – 1969-yil 23-avgust) – Ukraina Sovet arbobi, Lvov mexanizatsiyalashgan shisha zavodi direktori. SSSR Oliy Kengashining 7-chaqiriq deputati.

Tamara Perederiyenko
Tavalludi 1916-yil
Vafoti 23-avgust 1969-yil
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Tamara Danilovna 1916-yil, Toshkent shahrida Temiryoʻlchilar oilasida tavallud topgan. U maktabda yetti yil tahsil olgan va 1933-yildan Moskva transport-iqtisodiyot institutining ishchilar fakultetiga oʻqishga kirgan va oʻzining ilmiy faoliyatini boshlagan[1].

1938-yilda Qozon kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.

Perederiyenko 1938-yildan Shimoliy Osetiya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Orjonikidze shahridagi „Steklotara“ zavodida sex boshligʻi boʻlib faoliyat olib borgan. 1942-yilda Ulugʻ Vatan urushi yillarida Toshkent shahriga evakuatsiya qilinib, shisha zavodida smena boshligʻi boʻlib ishlagan.

Tamara 1947-yildan 1956-yilgacha Lvov mexanizatsiyalashgan shisha zavodida usta va ustaxona boshligʻi boʻlgan. Shisha zavodi partiya tashkiloti kotibi etib saylangan[2].

1952-yildan KPSS aʼzosi boʻlgan. Tamara SSSR Oliy Kengashining 7-chaqiriq deputati etib saylangan.

Tamara 1956-yildan 1969-yil 23-avgustgacha Lvov mexanizatsiyalashgan shisha zavodida direktor vazifasida ishlagan. Uning yordami bilan deraza oynalarini uzluksiz ishlab chiqarishning yangi usuli ishlab chiqilgan va oʻzlashtirilgan.

Deputat Tamara baxtsiz avtohalokat natijasida 1969-yil 23-avgustda vafot etgan.

Oilasi

tahrir

Tamaraning akasi Perederienko Ivan Danilovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent, Lvov politexnika instituti qurilish ishlab chiqarish kafedrasi mudiri boʻlgan. 1969-yil 23-avgustda avtohalokat natijasida vafot etgan.

Mukofotlari

tahrir

Perederienko Lenin ordeni, "Hurmat belgisi" ordeni sohibi boʻlgan. Bundan tashqari bir qancha medallar hamda Stalin mukofoti laureati mukofotlari bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. „Этот день в истории: факты, события, люди, приметы – 23 августа“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  2. „украинская советская“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.