Tamara Vizgo
Tamara Semyonovna Vizgo (1906.25.4, Polsha, Lomja sh.—1998.30.5, Moskva) — musiqashunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1976). Sanʼatshunoslik fanlari doktori (1969). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1940). Toshkent musiqa bilim yurtida (1939—46), Toshkent konservatoriyasida (1944—53) dare bergan. Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1943—91), musiqa boʻlimi mudiri (1947—52), direktor oʻrinbosari (1952—57). Tadqiqotlari asosan oʻzbek kompozitorlik musiqa madaniyatining yuzaga kelishi va rivojiga, Oʻrta Osiyo musiqa sozlari tarixiga bagʻishlangan. 3 jildli "Oʻzbek sovet musiqasi tarixi" toʻplami (rus tilida, T., 1972—91), "Musiqa tarixi tasvirlarda. Markaziy Osiyo" (nemis tilida, Leypsig, 1987) kitobining mualliflaridan biri.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |