Tamer Balci
Tamer Balci (1917-yil 1-yanvar – 1993 yil 10-aprel, Toma Balci nomi bilan ham tanilgan) asli kelib chiqishi yunon boʻlgan turkiyalik sportchi va kino aktyori. Balci 1940-yildan 1955-yilgacha mamlakatning eng yaxshi bolgʻa uloqtiruvchisi hisoblanib, 11 marta milliy rekord oʻrnatgan va 15 karra mamlakat chempioni boʻlgan. U 1948-1952-yillardagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Turkiya vakili sifatida ishtirok etgan, biroq yaxshi natija qayd eta olmagan. Tamer aktyorlik faoliyatini 1951-yilda boshlagan va 24 ta filmda, jumladan, Tarzan Istanbulda (1952-yil) filmida Tarzan rolida suratga tushgan.
Tamer Balcı | |
---|---|
Tavalludi |
Toma Valcis 1-yanvar 1917-yil Istanbul, Usmoniylar davlati |
Vafoti |
10-aprel 1993-yil (76 yoshda) Istanbul, Turkiya |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi | Bolgʻa uloqtiruvchi, aktyor |
Faoliyat yillari | 1951-1976-yillar |
Yoshlik yillari va sportdagi faoliyati
tahrirToma Valcis 1917-yil 1-yanvarda Turkiyaning Istanbul shahrida tugʻilgan[1]. U asli kelib chiqishi yunon boʻlib, umrining koʻp qismini Heybeliadada oʻtkazgan. U bolalikdagi ilk taʼlimini shu orolda olgan va sport bilan muntazam shugʻullana boshlagan. Dastlab futbol va suzish, keyinroq esa nayza uloqtirish sporti bilan shugʻullangan [2]. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Toma Istanbulga koʻchib oʻtdi va Galatasaray sport klubiga aʼzo boʻldi[3]. Tamer Balci 1940-yilda Turk armiyasi safiga chaqirildi. Armiyadan qaytgach, eʼtiborini bolgʻa uloqtirish sport turini oʻrganishga qaratdi[2].
Turkcha Tamer Balci nomi bilan mashhur boʻlgan Valcis oʻz davrida Turkiyada bolgʻa uloqtirish sport turi boʻyicha „birinchi raqamli“ sportchi hisoblanardi. 1940—1951-yillarda u Turkiya milliy rekordini jami 11 marta yangiladi va 15 marta (1940-1953 va 1955-yillar) mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi[3]. Balci 1950-yilgi Turkiya atletika chempionatida qatnashayotganda u birinchi marta 50 metr (160 ft)dan yuqoriga uloqtirib, 50,71 metr (166,4 ft) natijani qayd etdi[4]. Uning soʻnggi shaxsiy rekordi, shuningdek, oʻsha paytdagi milliy rekord 1951-yil oktyabr oyida oʻrnatilgan boʻlib, u 52,13 metr (171,0 ft) edi[3]. Valcis 1948 va 1952-yillardagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida garchi, yaxshi natijaga erisha olmagan boʻlsa ham,Turkiya vakili sifatida ishtirok etgan[5][6].
Aktyorlik faoliyati
tahrir1951-yildan 1976-yilgacha boʻlgan aktyorlik faoliyati davomida Balci 24 ta filmda suratga tushdi[7] . Uning birinchi roli 5 Fingers (1952) filmida boʻlib, u yerda kichik rol ijro etgan. Uning birinchi bosh roli esa 1952-yilda Orhan Atadeniz tomonidan suratga olingan Tarzan Istanbul’da filmi boʻlib, bunda Balci Tarzan rolini oʻynagan. Filmning yarmidan koʻpi Tarzan the Ape Man (1932) filmidan olingan sahnalar bilan yaratilgan, filmning qolgan qismi Istanbulda, asosan, Belgrad oʻmonlarida suratga olingan. Balci boʻyi va tana tuzilishi mos kelganligi sabab ushbu rolga tayinlanadi[2]. Filmda Balci sobiq Olimpiada suzuvchisi, 1932-yilgi Tarzan filmi aktyori Johnny Weissmullerga taqlid qiladi[8].
U 1957-yilda suratga olingan Istanbul filmida Errol Flynnning kaskadyori boʻladi[9]. Balcining soʻnggi chiqishlari esa 1976- yilda Kemal Sunal va Cüneyt Arkın rol ijro etgan Sahte Kabadayi va Hinch filmlari boʻlib, u har ikkala filmda ham antagonist rolini oʻynagan[2].
Filmografiyasi
tahrirYil | Sarlavha | Rol | Havolalar
|
---|---|---|---|
1951 | Ali ile Veli | [2] | |
Cemile Sultan | [7] | ||
1952 | 5 Fingers | Epizod | [2] |
Çakırcalı Mehmet Efeʼnin Definesi | |||
Tarzan in Istanbul | Tarzan | ||
1953 | Köroğlu-Türkan Sultan | ||
1954 | Şarlo İstanbul’da | ||
Meyhane Köşeleri | |||
Nasreddin Hoca ve Timurlenk | |||
1955 | They Paid With Their Blood | ||
1957 | Istanbul | Kaskadyor | [9] |
1961 | Sepetçioğlu | [2] | |
1962 | Dağlar Bulutlu Efem | ||
1964 | None But the Lonely Spy | ||
1969 | Beyaz Cehennem | ||
1970 | Şampiyon | ||
1972 | Kader Yolcuları | ||
1973 | Mahpus | ||
1975 | Babacan | [7] | |
1976 | Sahte Kabadayı | [2] | |
Hınç |
Oʻlimi
tahrirTamer Balci 1993-yilda vafot etib, uning jasadi Heybeliada Yunon Pravoslav qabristoniga dafn qilindi. Qabr toshida uning asl yunoncha ismi bitilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Heybeliadalı Toma Balcı“ (Turkish). Ada Gazetesi (2016-yil 25-may). Qaraldi: 2024-yil 12-fevral.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 Önder Özdemir (24 August 2023). „Heybeliadalı Tarzan: Toma Balcı“. İST Dergi (turk). Istanbul Metropolitan Municipality. Qaraldi: 10 February 2024.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Kuran, Aram; Hiçyılmaz, Ergun. Osmanlı'dan günümüze Ermeni - Rum - Musevi kulüpleri ve sporcuları (tr). Ministry of Youth and Sports, 2017 — 121-bet. ISBN 9786056513145. Qaraldi: 2024-yil 10-fevral.
- ↑ Subert, Zoltan (October 1950). "Excellent Distance Marks in Soviet Championships". Track and Field News 3 (9): 2. https://archive.org/details/sim_track-and-field-news_1950-10_3_9/page/n1/mode/2up?q=%22Toma+Balc%C4%B1%22.
- ↑ „London 1948 Athletics Hammer Throw Men Results“. olympics.com. Qaraldi: 2024-yil 11-fevral.
- ↑ „Helsinki 1952 Athletics Hammer Throw Men Results“. olympics.com. Qaraldi: 2024-yil 11-fevral.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Mesut Kara. „Yeşilçam'ın azınlık 'öteki'leri (3)“ (tr). Evrensel (2022-yil 14-may). Qaraldi: 2024-yil 12-fevral.
- ↑ Schanie, Andrew. Movie Confidential. Clerisy Press, 2010 — 119-bet. ISBN 9781578604777.
- ↑ 9,0 9,1 Rüçhan Ünver.. „Yerli Tarzan, Toma Balcı Errol Flynn'e dublör seçildi“ (tr). Milliyet (1956-yil 23-fevral), s. 3. Qaraldi: 2024-yil 10-fevral.
Qoʻshimcha oʻqish uchun
tahrir- Cikar, Jutta. Türkischer Biographischer Index (de). K. G. Saur Verlag, 2011 — 161-bet. DOI:10.1515/9783110965773. ISBN 9783110965773.
- Türker, Orhan. Halki'den Heybeli'ye: Bir ada hikayesi (tr). Sel Yayıncılık, 2003 — 118–120-bet. ISBN 9789755701806.
Havolalar
tahrir- Tamer Balci IMDbda
- Database (undated). „Tamer Balci“. sinemalar.com (in Turkish). Accessed 6 September 2010.
- Database (undated). „Tamer Balci“. theiapolis.com. Accessed 6 September 2010.