Tan Yang
Tan Yang (talaffuzi: Tan Yan) (1989-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik sobiq futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Tan Yang | ||
Tavallud sanasi | 9-yanvar 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Wuhan, Hubei, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.96 m (6 ft 5 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2003—2008 | Zhejiang Greentown | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008—2013 | Hangzhou Greentown | 24 | (3) |
2012—2013 | → Hebei Zhongji (Ijara) | 17 | (6) |
2013—2015 | Mafra | 17 | (3) |
2014 | → Farense (Ijara) | 24 | (5) |
2015 | → Hebei Zhongji (Ijara) | 6 | (0) |
2016—2021 | Zhejiang | 77 | (9) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2009—2010 | Xitoy | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 27-aprel uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2011-yil 14-fevral uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirTan Yang futbolchilik faoliyatini 2003-yilda Zhejiang Greentown yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan. U 2007-yilning fevralida Liga 1 jamoasi Sosho bilan qisqa sinovdan oʻtgan[1]. U klubdagi debyutini 2008-yil 5-aprel kuni Qingdao Jonunga qarshi o‘yinda (2:0) o‘tkazgan[2]. Koʻpincha zahiradan maydonga tushgan, u mavsum davomida ligada ikkita gol urgan, debyut golini 2008-yilning 12-noyabrida Changchun Yataiga qarshi oʻyinda (2:2) kiritgan[3]. Hangzhoudagi bir necha mavsumdan soʻng u jamoada barqaror oʻyinini saqlab qola olmagan va 2011-yilgi mavsum oxirida klub tomonidan qoʻyib yuborilgan. 2012-yilgi mavsumning yarmida Hangzhou Tanni qaytarishga qaror qilgan va tez orada uni uchinchi diviziondagi Hebei Zhongji klubiga ijaraga bergan[4]. Tan 2013-yil yanvarida Hebeiga doimiy shartnoma asosida o‘tgan.
Tan 2013-yilning 24-iyulida Campeonato Nacional de Seniores jamoasi CD Mafra bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. 2013-yilning 25-avgustida u „Atletiko Riachense“ga qarshi o‘yinda (2:0) o‘z jamoasi uchun ilk golini kiritgan[5]. 2014-yilning 1-iyulida Tan Segunda Liga vakili SC Farensega oʻtgan. U klub safidagi ilk uchrashuvini 2014-yilning 16-noyabrida „Desportivo Aves“ga qarshi o‘yinda (2:2) o‘tkazgan va shu o‘yinda klubdagi ilk golini ham urgan. 2015-yilning 26-iyunida Tan Xitoyning birinchi ligasi vakili „Hebei Zhongji“ga ijaraga berilgan.
2016-yil 3-yanvarda Tan Hangzhou Greentownga qaytgan. U 2016-yilning 30-aprelida Henan Jianyega qarshi 1:0 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan liga o‘yinida debyut qilgan[6]. Buning ortidan uning klub uchun 2016-yil 25-iyun kuni Hebei China Fortune FCga qarshi o‘yinida jamoadagi birinchi golini kiritgan[7].
Tan 2021-yilgi mavsumdan keyin professional futboldan ketgan[8].
Xalqaro faoliyati
tahrirTan Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 18-iyulida Falastinga qarshi o‘yinda (3:1) o‘tkazgan va zahiradan Qu Bo o‘rniga maydonga tushgan[9].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Hangzhou Greentown | 2008 | Xitoy Super Ligasi | 7 | 2 | - | - | - | 7 | 2 | |||
2009 | 9 | 0 | - | - | - | 9 | 0 | |||||
2010 | 5 | 1 | - | - | - | 5 | 1 | |||||
2011 | 3 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | - | 4 | 0 | |||
Jami | 24 | 3 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 25 | 3 | ||
Hebei Zhongji (Ijara) | 2012 | Xitoy ikkinchi Ligasi | 11 | 6 | 0 | 0 | - | - | 11 | 6 | ||
2013 | 6 | 0 | 1 | 0 | - | - | 7 | 0 | ||||
Jami | 17 | 6 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 18 | 6 | ||
Mafra | 2013—2014 | Portugaliya chempionati | 17 | 3 | 3 | 1 | - | - | 20 | 4 | ||
Farense (Ijara) | 2013—2014 | Segunda Liga | 24 | 5 | 0 | 0 | - | - | 24 | 5 | ||
Hebei Zhongji (Ijara) | 2015 | Xitoy Birinchi Ligasi | 6 | 0 | 1 | 0 | - | - | 7 | 0 | ||
Hangzhou Greentown | 2016 | Xitoy Super Ligasi | 18 | 2 | 1 | 0 | - | - | 19 | 2 | ||
2017 | Xitoy Birinchi Ligasi | 8 | 1 | 1 | 0 | - | - | 9 | 1 | |||
2018 | 19 | 1 | 1 | 0 | - | - | 20 | 1 | ||||
2019 | 19 | 3 | 1 | 1 | - | - | 20 | 4 | ||||
2020 | 13 | 2 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | 13 | 2 | |||
Jami | 77 | 9 | 4 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 81 | 10 | ||
Karyerada jami | 165 | 26 | 9 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 175 | 28 |
Manbalar
tahrir- ↑ „记者专访:国青小将谈杨试训法甲索肖收获颇多“. news.xinhuanet.com (2007-yil 27-fevral). 2013-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-avgust.
- ↑ „任意球成梦魇 浙江0-2负青岛遇两连败 视频 评“. sports.sohu.com (2008-yil 5-aprel). Qaraldi: 2012-yil 24-avgust.
- ↑ „谈杨处子秀破门 长春2-2浙江亚冠梦碎 视频 评“. sports.sohu.com (2008-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 24-avgust.
- ↑ „"空霸"谈扬加盟中基“. he.xinhuanet.com (2012-yil 12-iyul). 2013-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-avgust.
- ↑ „At. Riachense 0:2 Mafra“. footballzz.co.uk (2013-yil 25-avgust). Qaraldi: 2013-yil 29-avgust.
- ↑ „China » Super League 2016 » 7. Round » Henan Jianye - Hangzhou Greentown 1:0“. worldfootball.net (2016-yil 30-aprel). Qaraldi: 2021-yil 17-fevral.
- ↑ „China » Super League 2016 » 14. Round » Hangzhou Greentown - Hebei China Fortune FC 1:0“. worldfootball.net (2016-yil 25-iyun). Qaraldi: 2021-yil 17-fevral.
- ↑ „浙江队谈杨、吴昊一、李微、孙昊晟退役,转型教练“. Dongqiudi (2022-yil 15-aprel). Qaraldi: 2022-yil 27-aprel.
- ↑ „国足3-1巴勒斯坦 曲波郜林进球杨智红牌 图 评“. sports.sohu.com (2009-yil 18-iyul). Qaraldi: 2012-yil 24-avgust.