Bura (arab, burak — selitra), tanakor — mineral. Natriy tetraborati Na2B4O7. 10N2O, tetraborat kislotasi natriyli tuzining kristallogidrata. Monoklin singoniyali. Prizma va mayda donachalar holida uchraydi. Rangi oq, kulrang, sargʻish, rangsiz. Yaltirokligi shishasimon, mumsimon. Qattikligi 2—2,5, s.ogʻ. 1,7 Suvda yomon eriydi. B. bor elementi mavjud boʻlgan quriyotgan shoʻr koʻllarda, balchikli vulkan mahsulotlarida hosil boʻladi. B. Oʻzbekistondagi tuz konlarining barchasida uchraydi. Yirik uyumlari AQSH, Argentina, Tibet, Kashmir, Kerchda topilgan. B. qishloq xoʻjaligida mikro oʻgʻit sifatida, shuningdek metallarni kavsharlash, maxsus shisha navini tayyorlashda, qogʻoz sanoatida, koʻnchilikda, bor kislotasi va tuzlarini olishda ishlatiladi. B. tibbiyot preparati.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil