Tang Miao
唐淼
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tang Miao
Tavallud sanasi 16-oktyabr 1990-yil (1990-10-16) (33 yosh)
Tavallud joyi Dalian, Liaoning, Xitoy
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Guangzhou R&F
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2010 Beijing Guoan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010 Beijing Guoan Talent 17 (0)
2011 Guangzhou R&F 246 (4)
Milliy terma jamoa
2012 Xitoy 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 31-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 15-iyun uchun)

Tang Miao (talaffuzi: Tan Myao) (1990-yil 16-oktyabrda Dalyan shahrida tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining Guangzhou R&F jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati tahrir

Dalyan shahrida tugʻilgan Tang Pekinga koʻchib oʻtgan va 2002-yilda akasi Tang Xin bilan birga oʻn ikki yoshida Beijing Guoan yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. U Pekinning ikkinchi jamoasi Beijing Guoan Talentga ijaraga berilgan, u 2010-yilgi mavsumda Singapur S. Ligasida xorijiy oʻyinchi sifatida oʻynagan. 2010-yilning 7-sentabr kuni „Jalan Besar“ stadionida „Young Lions“ bilan o‘yin vaqtida klublar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgan. Tang mushtlashuvda ishtirok etgani uchun Singapur futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2000 singapur dollari miqdorida jarimaga tortilgan[1]. Mavsum oxirida uni Beijing Guoan qo‘yib yuborgan.

Shenzhen Rubydagi muvaffaqiyatsiz sinovdan soʻng, Tang Shenzhen Feniks tomonidan klibga qabul qilingan. Uning klubdagi debyuti 2011-yilning 27-martida Shenyang Dongjinga qarshi o‘z uyida 1:1 hisobida yakunlangan. U 2011-yilgi liga mavsumida 17 ta o‘yinda maydonga tushgan, Guangzhou R&F ikkinchi divizionda ikkinchi o‘rinni egallagan va birinchi urinishdayoq yuqori ligaga ko‘tarilgan. 2012-yil 23-iyunda u oʻzining birinchi golini Qingdao Jonunga qarshi oʻz uyida 3:2 hisobida yakunlangan bahsda kiritgan[2]. 2015-yilning 13-iyulida Tang „Shanghai SIPG“ga qarshi liga o‘yinida chap tizzasida oldingi xochsimon bog‘lami uzib jarohatlangan va jarrohlik amaliyoti oʻtkazishga majbur boʻlgan. U jamoasi 2016-yilning 23-aprelida „Jiangsu Suning“ga qarshi o‘z uyida 1:1 hisobida durang o‘ynagan[3]. Miao 2016-yilgi mavsumda 25 liga oʻyinida bitta gol urgan va 2016-yilning 25-noyabrida klub bilan shartnomasini besh yilga uzaytirgan[4].

2017-yil 28-aprelda u Guizhou Zhjichengga qarshi liga oʻyinida Tang Xinga qarshi oʻynagan[5], aka-ukalar Xitoy Superligasida birinchi marta bir birga raqib jamoalar uchun oʻynashi edi[6].

2019-yil avgustiga qadar u Guangzhou R&F uchun 200 ta oʻyinda maydonga tushgan[7] birinchi navbatda oʻng qanot himoyachisi sifatida koʻzga tashlangan[8]. .

Xalqaro faoliyati tahrir

2012-yil 23-may kuni Tang Ispaniya va Vetnamga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun Xitoy terma jamoasiga birinchi chaqiruvni olgan. 8-iyun kuni u Xitoy terma jamoasi safida Vyetnamga qarshi o‘yinda (3:0) 87-daqiqada Yu Xay o‘rniga maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Beijing Guoan Talent 2010 S. Ligasi 17 0 0 0 0 0 - 17 0
Guangzhou R&F 2011 Xitoy Birinchi ligasi 17 0 1 0 - - 18 0
2012 Xitoy Superligasi 29 1 2 0 - - 31 1
2013 25 0 1 0 - - 26 0
2014 29 0 2 0 - - 31 0
2015 17 0 0 0 - 7 0 24 0
2016 25 1 5 1 - - 30 2
2017 30 2 3 1 - - 33 3
2018 28 0 3 0 - - 31 0
2019 28 0 1 0 - - 29 0
2020 18 0 3 0 - - 21 0
Jami 246 4 21 2 0 0 7 0 274 6
Karyerada jami 263 4 21 2 0 0 7 0 291 6

Manbalar tahrir

  1. 6 Young Lions and 10 Beijing players charged for S.League brawl at redsports.sg 2010-09-22. Retrieved 2012-08-23
  2. 富力2-3中能止主场7连胜 唐淼闪袭朱建荣逆转 at qq.com 2012-06-23 Retrieved 2013-08-19
  3. 富力3外援缺阵苏宁唐淼复出 巴西将播本场比赛 at sohu.com 2016-04-23 Retrieved 2016-08-02
  4. 富力官宣唐淼续约至2021年 签长约盼创造新历史 at sohu.com 2016-11-25 Retrieved 2016-11-25
  5. „http://sports.sina.com.cn/china/j/2017-04-28/doc-ifyetwtf8826858.shtml“ (zh). Sina.com (2017-yil 28-aprel). Qaraldi: 2017-yil 3-may.
  6. „http://sports.sina.com.cn/china/j/2017-04-28/doc-ifyetwsm1050352.shtml“ (zh). Sina.com (2017-yil 28-aprel). Qaraldi: 2017-yil 3-may.
  7. „富力主场2比1"复仇"泰达 唐淼200场扎哈维双响_足球_体育_泸州主流综合新闻资讯媒体平台“. www.luzhouzol.com. Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr. [sayt ishlamaydi]
  8. 信息时报. „富力为唐淼补办200场纪念 高层盼他终老成马尔蒂尼“. sports.sina.com.cn (2018-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr.