Tanishuvni suiisteʼmol qilish
Tanishuvni suiisteʼmol qilish yoki tanishuvdagi zoʻravonlik — turmush qurmagan erkak va ayol jinsiga mansub shaxslarning bir-birlari bilan tanishuv paytida ulardan biri tomonidan boshqa biriga nisbatan sodir etiluvchi zoʻravonlik holati. Bu kabi vaziyatlar qarshi jinsdagi sherikning unga bildirilgan ishonchni suiisteʼmol qilishi va zoʻravonlik harakatlari orqali boshqa jinsdagi sherigi ustidan nazoratni saqlab qolishga harakat qilganda, masalan, munosabatlarga sovuqchilik tushganda paydo boʻladi.
Suiisteʼmol qilish yoki zoʻravonlik holatlari, odatda jinsiy, tegajogʻlik qilish, tahdid, jismoniy, ogʻzaki, aqliy, hissiy, ijtimoiy sabotaj va taʼqib qilish kabi bir qancha shakllarda namoyon boʻlishi mumkin. Haddan oshib ketish holatlari uchrashuv paytida zoʻrlash koʻrinishida sodir etiladi. Bu esa oʻz ichiga psixologik zoʻravonlik, hissiy shantaj, jinsiy va jismoniy zoʻravonlik hamda psixologik manipulyatsiya kabi vaziyatlarni qamrab olishi mumkin[1]. Ayol jinsiga mansub shaxslar, koʻpincha, zoʻravonlik holatlari qurboni sifatida eʼtirof etilishsa-da, kamdan kam hollarda, zoʻravonlik holatlari aybdori sifatida qaralishadi.
Tanishuv zoʻravonligi har qanday irqiy, yoshga aloqador, iqtisodiy va ijtimoiy chegaralarni kesib oʻtadi. StopRelationshipAbuse.org sayti tanishuvni suiisteʼmol qilish holatlarini „sobiq yoki ayni vaqtdagi jinsiy sherik ustidan nazoratni saqlab qolish uchun qoʻllaniluvchi haqoratli va majburlash xatti-harakatlari namunasi“, deya taʼriflagan[2].
Zoʻravon va jabrlanuvchi rollari
tahrirBarcha tabaqa vakillari yuqorida sanalgani kabi zoʻravonlik bilan bogʻliq munosabatlarga duch kelishlari mumkin. Zoʻravonlik holati juftlikning yoshi, irqi, daromadi yoki boshqa demografik xususiyatlaridan qatʼiy nazar sodir boʻlishi mumkin. Shuningdek, ishonchni suiisteʼmol qilgan shaxslar va jabrlanuvchilar oʻrtasida umumiy sanalgan koʻplab xususiyatlar mavjud.
Pave.org.sg/ sayti zoʻravonlik holatini amalga oshirgan kishilarni obsessiv hasadgo‘y va egoistlik, oʻziga haddan tashqari ishonuvchan, kayfiyati oʻzgaruvchan, baʼzan jahldor, oʻz sherigini oilasi, doʻstlari va hamkasblaridan ajratib olishga intiladigan va tashqi stress omillarini ayblashga moyil boʻlganlar sifatida taʼriflaydi[3].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Family and Community Development @eCitizen. Warning Signs of Abusive Relationship“. 2009-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-yanvar.
- ↑ Warning Signs of Abuse
- ↑ Centre for Promoting Alternatives to Violence
Qoʻshimcha oʻqish
tahrir- Tuller, A. „Dating Violence“, . Encyclopedia of Victimology and Crime Prevention Fisher, Bonnie S.: . Thousand Oaks, Calif.: SAGE Publications, 2010. ISBN 978-1-41-296047-2.
Havolalar
tahrir- Tanishuvni suiisteʼmol qilish Curlie katalogida