Tanja Karišik-Košarac
Tanja Karišik-Košarac — serbiyalik biatlonchi va changʻichi, Bosniya va Gersegovina sharafini himoya qiladi. 2010-yilda kross-biatlon boʻyicha IBU kubogida ishtirok etgan va ikkinchi oʻrinni egallagan. Uch marta olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Tanja Karišik-Košarac | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol |
Fuqaroligi | Bosniya va Gertsogovina |
Tavallud sanasi |
23-iyul 1991-yil Sarayevo, Bosniya va Gersegovina |
Boʻyi | 168 sm |
Vazni | 55 kg |
Turmush oʻrtogʻi | Nemanja Košarac |
Sport | |
Qaysi sport | Biatlon |
Klubi | Romanija |
Murabbiy(lar)i | Tomislav Lopatich |
Tarjimayi holi
tahrirTanja Karišik-Košarac 1991-yil 23-iyulda tugʻilgan. Sportdan tashqari tashqari Tanja oʻqituvchilik bilan ham shugʻullanadi. Bosniya va ingliz tillarini biladi[1].
Faoliyati
tahrir2003-yilda changʻi sporti bilan shugʻullana boshlagan. „Romanija“ changʻi klubi sharafini himoya qiladi. Murabbiyi — Tomislav Lopatich[1].
Biatlon
tahrirBir nechta jahon chempionatlari va olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Natijalari unchalik yuqori boʻlmaydi. Koʻpincha jadvalning quyi qismidan oʻrin olgan. Karišik biatlon boʻyicha jahon kubogidagi ishtiroklarida 88-oʻrindan yuqoriga koʻtarila olmagan. 2010-yilda Vankuverda boʻlib oʻtgan olimpiadada Tanya sprintda 87-oʻrinni egallagan[1]. 2011-yilda Xanti-Mansiyskda boʻlib oʻtgan jahon chempionatining sprint bahslarida 100-oʻrinni, individual musobaqalarda 89-oʻrinni egallagan. 2012-yilda Ruhpoldingda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida sprint va individual bahslarda 109-oʻrinni egallagan. 2013-yilda Nove Mestodagi individual musobaqada 89-oʻrinni egallagan. Sprint bahslaridan diskvalifikatsiya qilingan (chetlatilgan)[1].
Sochi Olimpiadasining sprint bahslarida 75-oʻrinni egallagan va eng yaxshi 60 nafar sportchi qatoriga kirolmaganligi uchun final bosqichiga yoʻllanma ololmagan. Individual bahslarda ham qatnashgan. Lekin toʻrt yil oldin boʻlgani kabi marraga etib bora olmasdan ishtirokini muvaffaqiyatsiz yakunlagan[1].
Yozgi musobaqalarda esa muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 2010-yilda Tanja Karišik-Košarac Slovakiyaning Brezno-Osrbli shahrida oʻtkazilgan kross-biatlon boʻyicha IBU kubogida ikkinchi oʻrinni egallagan[2].
Faoliyatini 2009-yilda Bosniya va Gersegovinada 5 km masofaga o'tkazilgan musobaqadan soʻng yakunlagan.
Oilasi
tahrirTurmush oʻrtogʻi – Nemanja Košarac. U ham biatlonchi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Tanja Karisik-Kosarac“ (en). Pyeongchang 2018. 2018-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-may.
- ↑ „Кросс-биатлон. Кубок IBU. Чешка Чорна и Мирослав Матяшко одержали победы в спринтах“. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-mart.