Tanzaniyadagi samolyot qulashi
Tanzaniyada samolyot qulashi— 2022-yil 6-noyabr kuni tongda Dor-es-Salamdan mamlakat shimoli-gʻarbidagi Bukobaga yoʻl olishi mobaynida Viktoriya koʻliga qulashi natijasida vujudga keldi. Bu halokat 19 kishi olamdan koʻz yumushiga sabab boʻldi[1][2][3].
Havo parvozi 494 | |
---|---|
5H-PWF, the aircraft involved in the accident, in 2011 | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Sana | 2022-noyabr, 6-yil |
Joylashuv | Viktoriya |
Kordinatalar | 01°20′07″S 31°49′33″E / 1.33528°S 31.82583°E |
Statistika | |
Yo'lovchilar | 39 |
Ekipaj | 4 |
Jarohatlanganlar | 24 |
Tarixi
tahrirTanzaniyaning eng mashhur xususiy aviakompaniyasi Precision Airga qarashli boʻlgan samolyot 6-noyabr kuni ertalab halokatga uchragadi. U Dor-es-Salamdan mamlakat shimoli-gʻarbidagi Bukobaga yoʻl olgan. Samolyot aeroportga qoʻnmoqchi boʻlgan vaqtda Viktoriya koʻliga qulagan.
Jabrlanganlar
tahrirAvvalroq 3 nafar qurbon haqida xabar berilgan edi, shuningdek, rasmiylar 28 kishi qutqarilganini maʼlum qilgan. Tanzania Business Insight kompaniyasi dastlab samolyot bortida 53 kishi boʻlganini xabar qildi. Keyinroq Citizen nashrining aniqlik kiritishicha, u yerda ikki uchuvchi, ikki styuardessa va 39 nafar yoʻlovchi — jami 43 kishi boʻlgan. Va ulardan 19 nafari halok boʻlgan.
Baxtsiz hodisaning sababi
tahrirDastlabki keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, ushbu baxtsiz hodisaga yogʻingarchilik va yomon ob-havo sabab boʻlgan. Politsiya keltirgan maʼlumotlariga koʻra, samolyot 100 metr balandlikda uchayotgan payti koʻlga qulashni boshlagan. Halokatdan keyingina yomgʻir toʻxtagan va qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgan edi.
Hodisaning yakuni
tahrirBBCning guvohlarga tayanib xabar berishicha, samolyot suvga tushishidan keyin mahalliy baliqchilar uning oldiga suzib borgan va ochiq orqa lyuk orqali bir qancha yoʻlovchilarni qutqarishga muvaffaq boʻlgan. Ular qutqarishgan insonlar soni 28 nafarni tashkil etardi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Tanzaniyadagi samolyot halokati“. Tanzaniyada samolyot qulashi oqibatida uch kishi halok boʻldi, 14 kishi bedarak yoʻqolgan. xabar.uz (6-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Tanzaniyada samolyot qulashi oqibatida halok boʻlganlar soni 19 kishiga yetdi“ (2022-yil 6-noyabr). Qaraldi: 9-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Tanzaniyada samolyot halokati kamida 3 kishining hayotiga zomin boʻldi“ (2022-yil 6-noyabr). Qaraldi: 9-noyabr 2022-yil.