Taoik dinlar Sharqiy Osiyoda yuzaga kelgan din va falsafiy oqimlar guruhidir. Tao soʻzi "yoʻl" deb tarjima qilinadi; talaffuzi turli tillarda turlicha boʻlishi mumkin, masalan koreys tilida Do, yaponchada To yoki Do, vyetnam tilida esa Đạo kabi. Taoik dinlarga Taoizm, Konfutsiylik, Sintoizm, Xiantianlik (Ikuantao), Cheondoizm, Kaodaizm va Jeungizm (shuningdek, buddizmning baʼzi koʻrinishlari) kiradi.

Xitoy iyeroglifi bilan yozilgan "Tao" soʻzi.

Jahon boʻylab 500 milliondan ortiq kishi shu dinlardan biriga e'tiqod qiladi. Taoik dinlarda xudo tushunchasi aniq emas, bu dinlar panteistik yoki hatto agnostik deya qaralishi mumkin. Taoik dinlarning dharmik dinlar bilan baʼzi umumiy gʻoyalarga ega ekanligi kuzatiladi.

Shuningdek tahrir